
Eron Fiqh kengaşi a’zosi, diniy ulamo Alirizo A’rofiy mamlakatni vaqtinça boşqaruvçi Muvaqqat kengaşga uçinçi a’zo sifatida tayinlandi. Uşbu organ yangi oliy rahbar saylanguniga qadar, Eron oliy rahbari vazifalarini bajarişga mas’ul bölgan tuzilmadir.
A’rofiy vaqtinçalik rahbarlik kengaşida – amaldagi prezident Mas’ud Pizişkiyon va boş qozi Ğulom-Husayn Muhsiniy bilan birgalikda faoliyat olib boradi.
Al Jazeera'ning yozişiça, 67 yoşli ruhoniyning uşbu kengaşdagi a’zoligi nufuzli hakamlik organi — Manfaatlar kengaşi tomonidan tasdiqlangan.
67 yoşli Alirizo A’rafiy – taniqli şia diniy arbobi bölib, bir vaqtning özida Posbonlar kengaşi a’zosi hamda Ekspertlar assambleyasi raisining örinbosari lavozimida işlagan, şuningdek, Eron diniy ta’lim muassasalari tizimini boşqargan. U Ali Xominaiyning işonçli kişilaridan biri bölgan.
Şu bilan birga, Islom inqilobi qöriqçilari korpusiga ham yangi boş qömondon tayinlanişi kutilmoqda. Şanba kungi hujumlar oqibatida uşbu tuzilma rahbari Muhammad Pokpur ham öldirilgan. Ayrim manbalar bu lavozim uçun Ahmad Vohidiyni eng ehtimoliy nomzod sifatida körsatmoqda.

















