Isroilda Eron raketa zarbasi oqibatida töqqiz kişi halok bölib, 20 dan ortiq kişi yaralandi. Bu haqda The Times of Israel naşri «Magen David Adom» tez yordam xizmatidagi manbaga asoslanib xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, Eron tomonidan uçirilgan ballistik raketa Quddus yaqinidagi Beyt-Şemeş şahriga qulagan. Buning oqibatida turar joy binosi vayron bölgan va yonğin çiqqan.
«Yediot Axronot» xabariga köra, sinagog atrofidagi bombapanagoh zarba ostida qolgan.

Jarohatlanganlardan uç nafari oğir ahvolda ekani aytilmoqda.
Pentagon esa Eronga qarşi harbiy harakatlar çoğida amerikalik uç nafar harbiy xizmatçi halok bölgani, yana beş nafari oğir yaralangani haqida xabar berdi.
Yana bir neça harbiy xizmatçi oskolkadan yengil yaralangan va kontuziya bölgan.
Hozirça boşqa tafsilotlar keltirilmagan.
Şuningdek, Birlaşgan Arab Amirliklari hududida ham dastlabki qurbonlar bor. Mamlakat mudofaa vazirligi xabariga köra, AQŞ va Isroilning Eron bilan uruşi boşlanganidan buyon öz hududida uç kişi halok bölib, 60 ga yaqin kişi yaralanganini ma’lum qildi.
Harbiy harakatlar boşlanganidan buyon Eronning 167 ta raketasi va 541 ta droni mamlakat havo kengliklariga kirgan.













