Özbekistonning Isroildagi elçixonasi fuqarolarga Isroil hukumati tomonidan belgilangan xavfsizlik çoralariga qat’iy amal qiliş, rasmiy körsatmalarga diqqat bilan rioya etiş hamda imkon qadar keyingi körsatmalar olingunga qadar maxsus jihozlangan xavfsiz hududlarda bölişni tavsiya qildi.
Diplomatik vakolatxona zaruratsiz holatlarda köçaga çiqişni çeklaş, xotirjamlikni saqlaş muhimligini ta’kidlagan. Şuningdek, vaziyat barqarorlaşgunga qadar Isroil hududini vaqtinça tark etiş tavsiya etilgan.
Elçixona Isroil—Misr çegarasidagi tun-u kun işlaydigan «Begin» çegara ötiş punktiga alohida e’tibor qaratişni söragan. Qayd etilişiça, Özbekiston fuqarolarining Sinay yarimoroliga kirişi uçun viza talab qilinmaydi. Çegaradan ötişni tezlaştiriş maqsadida çegara bojlarini oldindan onlayn tarzda tölaş tavsiya etilmoqda.
Boşqa quruqlikdagi ötiş punktlaridan foydalaniş tavsiya etilmaydi: ularning iş vaqti özgarişi mumkinligi sabab, sayohatni rejalaştirişdan oldin dolzarb ma’lumotlarni aniqlaştiriş zarurligi urğulangan.
Elçixona fuqarolarni Özbekiston Taşqi işlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning rasmiy manbalaridagi yangiliklarni muntazam kuzatib borişga, şuningdek, Isroil xizmatlarining ogohlantirişlari va tavsiyalarini inobatga olişga çaqirdi.
Favqulodda vaziyatlarda quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qiliş mumkin: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076, +972 54 485 1397, şuningdek [email protected] elektron poçtasi.











