«Barselona» – «Atletiko» 3:0
Gollar: Bernal, 29 (1:0). Rafinya, 45+5 – penalti (2:0). Bernal, 72 (3:0)
«Barselona»: Garsiya, Kubarsi, Martin, Joau Kanselu, Kunde (Balde, 13, Arauxo, 71), Pedri, Bernal, Fermin Lopes (Olmo, 64), Rafinya, Yamal, Torres (Reşford, 64)
«Atletiko»: Musso, Gansko, Pubil, Rudjyeri, Liorente, Kardozo, Koke (Molina, 58), Lukman (Syorlot, 58), Simeone (Ximenes, 76), Grizmann, Alvares (Baena, 69)
Ogohlantirişlar: Olmo, 66. Joau Kanselu, 67. Yamal, 90 – Baena, 90
«Barselona» tarix yaratişga yaqin keldi: Ispaniya Kubogi yarimfinali javob uçraşuvida «Atletiko» 3:0 hisobida mağlub etildi, ammo kambek uçun yana bitta gol yetmay qoldi.
Birinçi öyinda 4 gol ustunligini yuzaga keltirgan Simeone jamoasi 2013 yildan buyon ilk bor Ispaniya kubogi finaliga çiqdi. Ammo u şogirdlari körsatgan öyindan qoniqiş hosil qilgani dargumon.
«Barsa» tanaffusgaça ikkita gol urdi. Ammo Kundedan ayrildi
«Barsa» kutilganidek ilk daqiqalardan oldinga taşlandi. 13-daqiqadayoq jarohat tufayli Jyulya Kunde safdan çiqdi.
Ammo jamoa öyin tempini tuşirmadi va bosim qilişda davom etdi: Ferran Torres ikkita yaxşi vaziyatdan foydalana olmadi, 29-daqiqada esa Lamin Yamal özini körsatdi – u ikki raqibdan osonlik bilan qoçib ketib, töpni darvozabon hududiga oşirdi, u yerda Mark Bernal barçadan ildamroq harakat qildi va deyarli böş qolgan darvozani işğol etdi.
Şundan keyin «Barsa» tempni biroz tuşirdi. «Atletiko» bir neça qiziqarli hujumlar uyuştirdi: masalan, jamoaning yangi forvardi Ademola Lukman hisobni tenglaştirişga yaqin keldi. Ammo Simeone şogirdlari öz vaziyatlaridan foydalana olmadi, kataloniyaliklar esa tanaffus arafasida oradagi farqni ikkitaga oşirdi – Rafinya penaltini aniq ijro etdi.
11 metrlik jarima zarbasini esa Pedri işladi: madridliklar himoyaçisi Mark Pubil uni jarima maydoni içida yiqitdi.

Öyindan oldingi matbuot anjumanida Hansi Flik finalga çiqiş uçun har bir bölimda ikkitadan gol uriş vazifasi turgani haqida gapirgandi. «Barsa» vazifaning birinçi qismini bajardi.















