Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers: Rossiyada yo‘qotishlar 1 mlndan oshgan bo‘lishi mumkin
Vashingtonda Donald Tramp bilan uchrashuvdan keyin jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Fridrix Mers Rossiya iqtisodiyotining to‘rt yillik urushdan keyingi holatini tanqidiy baholadi va Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralariga Yevropani ham qo‘shishga chaqirdi.
Fridrix Mers fikricha, Ukrainaga qarshi to‘rt yil davom etgan keng ko‘lamli urush Rossiya uchun asoratsiz o‘tmadi. “Rossiya iqtisodiyoti sezilarli darajada zaiflashdi. Rossiya qurolli kuchlari misli ko‘rilmagan inson yo‘qotishlarini ko‘rdi. Rossiyaning bugungi ‘kolossi’ loydan bo‘lgan oyoqlarda turibdi”, — dedi GFR kansleri 3 mart, seshanba kuni Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralardan keyin jurnalistlar oldida chiqish qilib.
Shu fondan kelib chiqib, Mersning aytishicha, Vashington Moskvaga bosimni kuchaytirishi kerak — bu Vladimir Putinni tinchlik muzokaralarida yon bosishga majbur qilish uchun zarur. “Rossiya vaqtni cho‘zyapti. Shu bilan u Amerika prezidentining irodasiga qarshi harakat qilmoqda. Bugungi muzokaralarda men Moskvaga bosimni kuchaytirishga chaqirdim”, — dedi kansler.
Uning bahosiga ko‘ra, urushda halok bo‘lgan va yaralangan rossiyaliklar soni 1 million kishidan oshgan.
Kansler ta’kidlashicha, Tramp bilan suhbatda u “Yevropada Vladimir Putin Ukraina va Yevropa uchun barobar darajada maqbul bo‘ladigan tinchlik kelishuvini qabul qilishga tayyorligiga nisbatan katta shubhalar bor”ligini ochiq aytgan.
Shuning uchun, Mers fikricha, AQSh vositachiligida RF va Ukraina o‘rtasida kechayotgan tinchlik muzokaralariga Yevropa ham qo‘shilishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu fikrni Trampga yetkazishga uringan.
“Prezident Tramp biladi: faqat Yevropa qo‘llab-quvvatlashga va qonuniy, deb tan olishga tayyor bo‘lgan tinchlik uzoq umrli bo‘ladi”, — dedi GFR kansleri. Fridrix Mers aniqlik kiritishicha, yevropaliklar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bo‘yicha yechim topilishini istaydi, ammo Yevropa pozitsiyasi inobatga olinmasdan, “bosh uzra”, ya’ni yevropaliklarni hisobga olmagan holda tuzilgan kelishuvni qabul qilmaydi.
Mavzuga oid
23:00
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29
Rossiya nefti nishonda: zarbalar natija beradimi?
10:03 / 11.07.2026