Ukraina Qurolli kuçlari mamlakat şarqidagi frontda nemislarning Helsing kompaniyasi işlab çiqargan HX-2 hujumkor dronlarini ommaviy qöllay boşladi. Bu haqda Ukrainaning “Mіlіtarniy” onlayn-naşri va UNIAN agentligi 2 mart, duşanba kuni rossiyaparast “Razrabotçik BPLA” Telegram-kanaliga tayanib xabar berdi.

Uşbu kanal nemis dronlari Ukraina frontining “bir qator yönalişlarida qayd etilayotgani”ni yozgan. “Guruh-guruh bölib kirib keldi, darhol turli uçastkalarga, — deyiladi yangi dronlar haqidagi ma’lumotda. — Nisbatan orqa hududlarda ta’mirlaş brigadalari va yöl tarmoqlarini örnatuvçilarni uryapti”.

Telegram-kanal HX-2 dronining parçalari aks etgan suratni ham çiqargan — ular rossiyaliklar qöliga tuşgani aytilgan. Naşrda dron “nişonga planerlab kirişni ma’qul köradi, şuning uçun uni akustik jihatdan yaxşi eşitib bölmaydi”, deb yozilgan. Mualliflar HX-2 “qöşimça aniqlaş/nişonni qayta topiş” tizimiga ega ekanini va “nişonga hujum paytida videouzatgiçni öçirib qöyişi”ni qayd etgan.

Buning oldin Ukrainada HX-2’dan ommaviy jangovar foydalaniş haqida xabar berilmagan edi. “Mіlіtarniy” qayd etişiça, sun’iy intellekt (SI) tufayli bu dron “yuqori avtonomlikka” ega, biroq bir neçta HX-2 “töda” bölib birlaşişi ham mumkin. “HX-2’ning e’lon qilingan umumiy oğirligi uni bir neça kilogrammlik jangovar qism bilan jihozlaş mumkinligini körsatadi”, — deb yozadi portal.

2024 yil noyabrida nemis tabloidi Bild Ukrainaga Myunxendagi Helsing startapi işlab çiqargan HF-1 modelidagi 4000 ta dron yetkazib berilişi haqida yozgan edi. Gap sun’iy intellekt asosida işlaydigan hujumkor dronlar haqida borgan. OAV bu dronlarni Kiyev Berlindan yetkazib berilişini kutib kelayotgan TAURUS qanotli raketalariga taqqoslab “mini-Taurus”lar, deb atay boşlagan.

2025 yil fevralda Bild Helsing Ukrainaga yana 6000 ta takomillaştirilgan HX-2 turidagi dronlarni beriş niyatida ekanini yozgan. Işlab çiqaruvçi saytida aytilişiça, uçiş masofasi 100 km bölgan bu model sun’iy intellekt tufayli “radioelektron kuraş vositalariga va signallarni böğişga qarşi tura oladi”. 2024 yil dekabrdagi press-relizda: “HX-2 Germaniyada işlab çiqariladi. Asosidagi dasturiy ta’minot hozir Ukrainada qöllanyapti”, — deb ta’kidlangan.