Apple korporatsiyasi özining birinçi arzon MacBook Neo noutbukini taqdim etdi.

Boşqa MacBook’lardan asosiy farqi – çipset böldi. Apple noutbukning yangi modeli uçun A18 Pro smartfon çipidan foydalangan. Boşqa MacBook modellarida M seriyali çiplar işlatiladi. A18 Pro çipi iPhone 16 Pro va 16 Pro Max smartfonlarida işlatilgan. Şu bilan birga, iPhone 17 modellarida keyingi avlod çiplari - A19 va A19 Pro mavjud.

Narx 256 GB modeli uçun 599 dollar va 512 GB modeli uçun 699 dollardan boşlanadi. Yangi noutbukning ikkala versiyasida ham 8 Gb tezkor xotira böladi.

Yangi MacBook displeyining diagonali 13 dyuym. Akkumulyatorning energiya siğimi 36,5 Vt/soatni taşkil etadi. Işlab çiqaruvçining ta’kidlaşiça, qurilma 16 soatgaça uzluksiz video oqimini va 11 soatgaça simsiz internetda quvvatlantirmasdan işlaşni ta’minlaydi. MacBook Neo kumuşrang, puşti, sariq va kök ranglarda taqdim etiladi.