Ispaniya AQŞning “Madrid Vaşington bosimiga böyin egib, Eronga zarba beriş uçun öz harbiy bazalarini taqdim etişga rozi böldi” degan bayonotlarini rad etdi. Ispaniya hukumati pozitsiyasi özgarmagan, dedi 4 mart, çorşanba kuni Cadena SER radiostansiyasi efirida Ispaniya taşqi işlar vaziri Xose Manuel Albares. Şu kunning özida Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt Ispaniya amerikalik harbiylar bilan harbiy hamkorlikka rozi bölganini ma’lum qilgan edi. “Menimça, ular keça prezidentning xabarini aniq va ravşan eşitdi”, — dedi Livitt. U bu gapi bilan Donald Trampning Madrid bilan savdo munosabatlarini uzişi mumkinligi haqidagi tahdidini nazarda tutgan.

Albaresning aytişiça, Ispaniyaning AQŞ bilan “harbiy tarzda hamkorlik qilişga” tayyorligi haqidagi xabarlar “qat’iy ravişda haqiqatga töğri kelmaydi”. El País gazetasi yozişiça, boş vazir Pedro Sançes avvalroq Ispaniyaning mojarodagi pozitsiyasini “ikki söz bilan — uruşga yöq” deya ta’riflagan.

Ispaniya NATOda AQŞ va Isroilning Eronga qarşi harbiy operatsiyasiga oçiqdan oçiq qarşi çiqqan yagona davlatga aylandi. Ispaniya bazalari atrofidagi tortişuv Madrid bilan Vaşington örtasida mudofaa xarajatlari miqdori masalasida kengroq qarama-qarşilik kuçaygan bir paytda yuzaga kelmoqda. Ispaniya NATOda 2035 yilga qadar harbiy xarajatlarni YaIMning 5 foizigaça oşirişdan boş tortgan yagona davlat bölib qolmoqda. Yevroittifoq AQŞning ehtimoliy savdo sanksiyalaridan Ispaniyani himoya qilişga tayyor ekanini bildirdi.

AQŞ va Isroil 28 fevral kuni ertalab Eron hududiga zarbalar bera boşladi. AQŞ prezidenti Donald Tramp Islom Respublikasining yadroviy dasturini yöq qiliş niyati borligini aytdi va Eron armiyasini qurol taşlaşga, mamlakat aholisini esa “taqdirini öz qöliga olişga” çaqirdi.

Eronda zarbalar oqibatida kamida 787 kişi halok bölgan, deb 3 mart kuni davlat ommaviy axborot vositalari Eron Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Eron javoban Isroilga va Fors körfazining bir qator davlatlariga zarba berdi, u yerda ham halok bölganlar bor. Tehron arab davlatlari bilan urişmayotganini, balki mintaqadagi AQŞ harbiy bazalariga zarba berayotganini ta’kidlamoqda.