Muzokaralar hali oxiriga yetmagan bir onda AQŞ-Isroil birgalikda Eronga hujum qildi. Harbiy mojaro hozir butun Yaqin Şarqni qamrab olgan. Kun.uz bilan gaplaşgan AQŞning Pitsburg universiteti professori, siyosatşunos Jyennifer Brik Murtazaşviliga köra, Tramp Xominaiyni öldirib, juda xavfli tavakkalga qöl urdi. Biroq, Xominaiysiz tuzum qulasa kerak, men körgan hujjatlarda uruş tayin edi, deydi professor.
Eron oliy rahnamosining öldirilişi heç qaysi xalqaro huquq normalariga mos kelmaydi, biroq AQŞ-Isroil uni yadroviy qurol tayyorlayotganlikda va vahşiylikda aybladi. Kun.uz bilan suhbatlaşgan AQŞning Pitsburg universiteti professori, siyosatşunos Jyennifer Brik Murtazaşviliga köra, Trampning töğridan-töğri Xominaiyni nişonga olişi va öldirişi – juda xavfli tavakkal. Şuningdek, Erondagi tuzum Xominaiysiz qulaşi mumkin, deydi u.
- Sizningça, Eron oliy rahbari Xomanaiyning öldirilişi Erondagi hozirgi siyosiy tuzumning qulaşiga olib keladimi?
“Ha, şunday deb öylayman, olib keladi. Menimça, biz tuzumning qulaşini körişni boşlayapmiz, çunki Xomanaiy xarizmatik yetakçi edi, endi esa biz Eron içida qandaydir özgarişlarni köra boşladik. Bu qaysi yönalişda ketişini aytiş hozir juda qiyin. Prezident Tramp Xominaiyni öldirişda, şubhasiz, juda xavfli, juda-juda xavfli tavakkalga qöl urdi. Öylaymanki, ular keyin nima bölişini aniq tuşuntirişadi. Qörqamanki, bu Eron va uning xalqi uçun oldinda juda qiyin yöl bölib qolişi mumkin”, – Jyennifer Brik Murtazaşvili, AQŞning Pitsburg universiteti professori, siyosatşunos.
Donald Tramp Eronga töğridan-töğri uruş oçgan hamda na Kongress, na BMT Xavfsizlik kengaşi rasmiy ruxsatisiz “harbiy operatsiya”ni boşlagan birinçi AQŞ prezidenti böldi. Professor Murtazaşvilining qöşimça qilişiça, Eron bilan mojaroning asl ildizi – 1979 yilgi inqilobga borib taqaladi va öşandan beri ikki davlat bir-biriga yopişib olgan.
“Menimça, Trampning töğri qaror qilgan-qilmaganini endi tarix körsatadi. Bu juda murakkab vaziyat. Men tomoşabinlaringiz bu yerda oq va qora yöqligini bilişlarini istardim. Bu öta murakkab uruş. Şuni bilişimiz kerakki, Qöşma Ştatlar nuqtai nazaridan, Eron köp yillar davomida AQŞni nişonga olib kelgan. Bilasizmi, 1979 yilgi Eron inqilobida yuzlab AQŞ fuqarolari garovga olingan edi va öşandan beri bu ikki davlat bir-biriga yopişib oldi. Prezident Tramp esa unga bölgan suiqasdlarni ham Erondan köradi”,

















