Isroil Eronga qarşi operatsiyaning ikkinçi bosqiçini boşladi, uning qiruvçi samolyotlari yer ostida joylaşgan ballistik raketalar pozitsiyalarini bombardimon qilişga e’tibor qaratadi, deb yozdi Reuters manbalarga tayanib.

5 mart kuni TSAHAL «Eron rejimi tomonidan ballistik raketalarni saqlaş va samolyotlarga qarşi foydalaniş uçun möljallangan raketa omborlari uçun foydalaniladigan yer osti infratuzilma obektiga» zarba berilganini e’lon qildi.

Reuters ma’lumotlariga köra, birinçi bosqiçda Isroil harbiy-havo kuçlari Isroil şaharlariga zarba beriş uçun işlatilişi mumkin bölgan quruqlikdagi yuzlab raketalarni yöq qilgan. Rejaning ikkinçi bosqiçi ballistik raketalar va uskunalar saqlanadigan bunkerlarga hujumlarni öz içiga oladi. Isroilning maqsadi «Eron rejimi va uning harbiy obektlarini tizimli ravişda zaiflaştirişdan iborat», deb yozdi The Times.

The Esonomic Times naşrining yozişiça, tomonlarning Eron raketa arsenalini baholaşi turliça. Isroil harbiylari uni taxminan 2,5 mingta raketaga, boşqa tahlilçilar esa 6 mingtagaça qurolga baholamoqda.