Yiğilişda Toşkent – Samarqand yönalişida yangi zamonaviy avtomagistral quriş loyihasi körib çiqildi. Rejaga köra, uşbu yölning umumiy uzunligi 282 kilometrni taşkil etadi. Şundan 140 kilometrlik uçastkalarda tuproqni mustahkamlaş işlari amalga oşiriladi. Loyiha doirasida 12 ta transport yeçimi, 91 ta köprik va 16 ta yöl ötkazgiç qurilişi közda tutilgan.
Beş yil davomida qurilişi rejalaştirilayotgan mazkur yöl Ia toifali, ya’ni avtomobil yöllarining eng yuqori texnik va xavfsizlik standartlariga javob beradigan magistral böladi. Unda har biri 3,75 metr kenglikdagi sement-beton qoplamali oltita harakat tasmasi barpo etiladi. Yölning loyihaviy tezligi soatiga 150 kilometr etib belgilanadi.
Şuningdek, Toşkent – Angren – Qamçiq dovoni yönalişida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yöli barpo etiş loyihasi ham amalga oşiriladi. Uşbu yölda 33 kilometrlik tonnellar hamda bir qator yirik muhandislik inşootlarining qurilişi rejalaştirilgan.

Davlat rahbariga mazkur yirik loyihalar uçun işlab çiqilayotgan moliyalaştiriş manbalari va xorijiy investorlarni jalb qiliş böyiça olib borilayotgan muzokaralar haqida axborot berildi.
Avtomagistrallarni loyihalaşda zamonaviy transport muhandisligi yeçimlaridan foydalaniş, intellektual boşqaruv va monitoring tizimlarini joriy etiş, harakat xavfsizligini ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratiş lozimligi ta’kidlandi.
Taqdimotda Toşkent – Çorvoq va Urganç – Xiva yöllarini quriş loyihalarining borişi haqida ham ma’lumot berildi.
Şuningdek, Toşkentning yangi xalqaro aeroportini quriş loyihasining asosiy parametrlari körib çiqildi. Birinçi bosqiçda 208,4 ming kvadrat metrlik yölovçi terminali, uzunligi 4 kilometrdan bölgan ikkita uçiş-qöniş yölagini barpo etiş rejalaştirilgan. Şu bilan birga, yiliga 20 million nafar yölovçiga xizmat körsatiş, soatiga 30 ta qöniş va uçişni ta’minlaydigan infratuzilmani yaratiş hamda 169 ta havo kemasi uçun turargoh taşkil etiş közda tutilgan.
Ayni paytda bölajak aeroport hududida olib borilayotgan loyiha-qidiruv işlari va kelgusi bosqiçlar töğrisida axborot berildi.
Prezident tomonidan mutasaddilarga loyihalarni texnik va iqtisodiy jihatdan puxta tayyorlaş, quriliş işlarini zamonaviy standartlar asosida taşkil etiş hamda transport infratuzilmasining uzoq muddat barqaror işlaşini ta’minlaş böyiça topşiriqlar berildi.












