AQŞ prezidenti Donald Tramp Kubada hukmron rejimning qulaşini başorat qildi. Bu haqda u Politico naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Kuba qulaydi. Biz barça neft ta’minotini, barça pul oqimlarini töxtatamiz yoki yagona manba bölgan Venesueladan barça ta’minotni töxtatamiz. Ular esa bitim tuzmoqçi», dedi Tramp.
3 yanvar kuni AQŞ harbiylari «Mutlaq qat’iyat» operatsiyasini ötkazdi, unda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qölga olinib, AQŞga olib ketildi.
2 mart kuni The Atlantic naşri AQŞ prezidenti Donald Trampning navbatdagi «nişoni» Kuba bölişi mumkinligi haqida maqola çop etdi. Ma’muriyatning anonim vakili naşrga AQŞ sönggi harbiy amaliyotlaridan keyin «prezident iştiyoqni his qilayotganini» aytgan.












