Kreml mafkuraçilari Tehronning yiqilişiga nafaqat mintaqaviy ittifoqçidan ayriliş, balki Ğarb bilan qarama-qarşilikda bunday ssenariy navbati Rossiyaga ham kelişi mumkinligi prizmasidan qaramoqda. Prezident Putin ham oliy rahbarga qilingan suiqasdni jiddiy qoraladi. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar şu haqda söz yuritdi.
— Erondagi uruş va oliy rahbarning öldirilişiga Rossiya qanday munosabatda böldi?
Kamoliddin Rabbimov: 2025 yilda jurnalistlar bilan uçraşuv çoğida Vladimir Putinga şunday savol berilgan edi: agar imom Xominaiy AQŞ yoki Isroil tomonidan öldirilsa, bunga qanday baho berasiz? Putin bu savolga ikki bor bir xil javob qaytargan: “buni hatto izohlaşni ham, tasavvur qilişni ham istamayman”.
Putin psixologiyasini örgangan ayrim tahlilçilarga köra, u Muammar Qazzofiy öldirilişini şaxsiy va siyosiy jihatdan oğir qabul qilgan. Uning dunyoqaraşida uruş bölişi mumkin, ammo davlat rahbariga bevosita zarba beriş nomaqbul holat sifatida köriladi.
Şu nuqtai nazardan, Eron rahbariyatiga tahdidlar ham Kreml uçun jiddiy masala hisoblanadi.
Yaqinda rossiyalik faylasuf Aleksandr Dugin ham keskin bayonot berib, “agar Eron yiqilsa, keyingi navbat Rossiyaga keladi”, deya ogohlantirdi. U hatto Ğarb bilan ayrim kelişuvlar Rossiya zarariga işlayotganini ta’kidladi. Dugin rasmiy amaldor bölmasa-da, Kreml mafkuraviy doiralariga yaqin şaxs sifatida tilga olinadi.
Mintaqaviy darajada Eronning zaiflaşuvi tabiiyki, Isroil manfaatlariga mos keladi. Çunki Tel-Aviv Eronni özining asosiy xavfsizlik tahdidi sifatida köradi.
Biroq geosiyosiy jarayon faqat mintaqa bilan çeklanmaydi. Global miqyosda AQŞ va Xitoy örtasidagi raqobat kuçaygan bir paytda, Rossiya va Eron Pekin uçun muhim hamkorlar sanaladi. Şu kontekstda Kuba va Venesueladagi iqtisodiy inqiroz ham e’tiborga loyiq. Venesueladan energiya oqimining qisqarişi Kubada jiddiy energetik tanqislikni keltirib çiqardi: elektr ta’minoti çeklangan, yoqilği yetişmay, ayni vaqtda ijtimoiy infratuzilma izdan çiqmoqda.
Agar Eron ham jiddiy zaiflaşsa, global maydonda Rossiya va Xitoyning strategik yuklamasi yanada ortadi.
Şu bois Moskva bir tomondan Eronga töliq harbiy yordam bera olmaydi, ikkinçi tomondan esa vaziyatni xavotir bilan kuzatmoqda. Ukrainadagi uruş Rossiya resurslarini sezilarli darajada çeklab qöydi va Kreml uçun har qanday yangi geosiyosiy silkiniş yanada murakkab oqibatlarga olib kelişi mumkin.













