Xitoy raisi Si Jinping harbiylarni korrupsiyalaşgan yoki sodiq bölmagan amaldorlarni yaşirişdan ogohlantirdi, deb xabar berdi Bloomberg.

«Armiyada partiyaga sodiq bölmaganlarga örin bölmasligi kerak va poraxör amaldorlar yaşirinişi uçun joy bölmasligi kerak», dedi Si Xalq ozodlik armiyasi va Xalq qurolli militsiyasi delegatlariga parlamentning yillik sessiyasida.

Bu yanvar oyida Markaziy harbiy kengaş (MHK) raisi örinbosari va Kommunistik partiya siyosiy byurosi a’zosi general Çjan Yusya tergovga tortilganidan beri birinçi marta yuz berdi. U Si Jinpingning asosiy ittifoqçisi edi.

The Washington Post naşrining yozişiça, Çjan bilan Si bolalikdan taniş bölgan va köpçilik uning tergovga tortilişini kutmagan. The Wall Street Journal ma’lumotlariga köra, general, xususan, AQŞ foydasiga josuslik qiliş va yadroviy sirlarni yetkazişda gumon qilinmoqda.

Si Jinping qurolli kuçlarda korrupsiyani yöq qiliş kampaniyasini 2023 yil örtalarida, uçinçi muddatga qayta saylanganidan bir neça oy ötib boşlagandi. Şundan beri Markaziy harbiy kengaş raisining ikki örinbosari va uning uç a’zosi, sobiq mudofaa vaziri, şuningdek, kamida öndan ortiq yuqori martabali generallar lavozimidan çetlatildi.

Bloomberg şu hafta Butunxitoy xalq vakillari yiğilişining törtinçi sessiyasiga 113 delegatning (jami iştirokçilarning deyarli 4 foizi) kelmasligi hukumat doiralarida keng kölamli tozalaş ötkazilganidan darak berişi mumkinligini ma’lum qildi. Agentlik ma’lumotlariga köra, sessiyadagi delegatlar soni butun asr davomida eng past körsatkiçga aylandi. Faqat COVID-19 davri bundan mustasno bölib, yiğilişga 161 nafar delegat kelmagan edi.