Ğazo soğliqni saqlaş rasmiylarining sözlariga köra, uşbu ikki alohida hujum Isroil va AQŞ mintaqada yangi uruş boşlaganidan beri sektordagi eng qonli hodisalar böldi.
Reuters naşrining yozişiça, Isroilning birinçi hujumi Ğazo şahrining ğarbiy qismidagi Al-Azhar universiteti yaqinida bölgan. Uşbu zarbada tibbiyot xodimlari Muhammad Hamduna, Muhammad Abu Şedeq va Ahmed Lafilar halok bölgan. Şifokorlarning qöşimça qilişiça, zarba ğazoliklar boşpana topgan gavjum çodirli lagerlar yaqiniga berilgan va yana bir neça kişi yaralangan.
Isroil harbiylari yakşanba kuni bergan bayonotida, heç qanday dalil keltirmasdan, öz askarlariga hujum qilişga tayyorlanayotgan Hamasning ikki a’zosi yöq qilinganini bildirdi. Hozirça heç bir guruh halok bölganlarni öz a’zosi sifatida tan olmagan. Isroil harbiylari ularning ehtimoliy hujumga aloqadorligini tasdiqlovçi dalillar böyiça Reuters’ning söroviga izoh bermadi.
Ikkinçi alohida hujum – Ğazo sektorining markaziy qismidagi Nusayrat lagerida böldi. «Al-Avda» şifoxonasi rasmiylariga köra, yarim tundan söng Isroil tanklari öqqa tutişi oqibatida kamida uç kişi, jumladan ikki qizaloq halok bölgan. Şuningdek, içida bolalar ham bölgan 10 kişi yaralangan.

Tibbiyot xodimlarining aytişiça, tank snaryadlari Nusayratning ğarbiy qismida oilalar yaşayotgan çodirlar majmuasiga tuşgan.
Uşbu tank hujumi böyiça Isroil tomonidan hozirça heç qanday rasmiy munosabat bildirilmadi.
Ikki yillik uruş Ğazoning katta qismini xarobaga aylantirdi va ikki milliondan ortiq aholining aksariyat qismini öz hududida köçişga majbur qilgan.
Eronga qarşi kampaniya boşlanganidan buyon Ğazoga hujumlar soni kamaygandi. Şunga qaramay, Isroil kuçlari ötgan hafta davomida ham bir neça falastinlikni öldirdi.
Isroil va Hamas 2025 yilning oktabr oyida AQŞ vositaçiligida Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişgan edi. Biroq zöravonliklar deyarli har kuni davom etmoqda. Har ikki tomon ham sulh bitimining buzilişida bir-birini ayblab kelmoqda. Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, oktabr oyidan beri Isroil zarbalari natijasida kamida 640 nafar falastinlik halok bölgan. Isroil tomoni esa şu davr mobaynida Ğazoda tört nafar askar öldirilganini aytmoqda.













