AQŞ va Isroil aviatsiyasi harbiy operatsiya boşlanganidan beri Eronning 18 ta asosiy aviabazasidan 10 tasini işdan çiqardi, deb xabar berdi Isroilning «Alma» mudofaa tadqiqot markaziga tayanib «Interfaks».

Ular orasida Tehronning Mehrobod aeroportida, Tabriz, Şeroz, Konarak, Isfaxon, Kirmonşoh va Zahadonda joylaşgan eng yirik aviabazalar bor, bu esa Eronning taktik aviatsiyasidan foydalaniş qobiliyatini sezilarli darajada pasaytirdi.

Ta’kidlanişiça, AQŞ-Isroil zarbalari oqibatida aviabazalardagi qiruvçi samolyotlar, transport samolyotlari, havo hujumidan mudofaa pozitsiyalari, angarlar, omborlar yöq qilindi va uçiş-qöniş yölaklariga zarar yetkazildi.

Bundan taşqari, asosiy aviabazalardan taşqari, Eronning taktik aviatsiyasi foydalanişi mumkin bölgan töqqizta aerodromi ham zarbaga uçragan.

AQŞ va Isroil 28 fevraldan beri Eronga qarşi harbiy operatsiya ötkazmoqda.