BAA rasmiylari Erondan yöllanayotgan zarbalarni keskin qoralab, mamlakat özini himoya qiliş uçun barça çoralarni köriş huquqiga ega ekanini ta’kidladi. Şunga qaramay, yaqin kunlarda Eronga töğridan töğri harbiy hujum rejalaştirilmaganini bildirdi. Agar hujumlar davom etib, energetika infratuzilmalar nişonga olinsa, javob çoralarini köriş ehtimoli istisno qilinmayapti. Xöş, mintaqaning qolgan davlatlari ham şunday harakatga qöl urişi mumkinmi? Kun.uzʼning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar şu haqda söz yuritdi.
BAA Eronga qarşi mudofaa huquqini e’lon qildi, fors körfazining boşqa davlatlari ham şunday qilişi mumkinmi?
Şavkat Ikromov: Yuqori martabali rasmiylardan biri şunday bayonot berdi, ular Eronga qarşi harbiy hujum ehtimolini istisno qilmaydi, biroq hozirça bunday reja mavjud emas va bu qadamdan tiyilişga qaror qilingan. Şu bilan birga, rasmiylar mamlakat hududiga Erondan yöllanayotgan zarbalarni keskin qoralab, bu harakatlar xalqaro huquq normalariga zid ekanini ta’kidladi.
Birlaşgan Arab Amirliklari ham şunga öxşaş bayonot berib, bu voqealar Eron bilan munosabatlarga jiddiy ta’sir körsatişi mumkinligini bildirdi. Biroq ular vaziyatning töliq harbiy töqnaşuv darajasiga yetib bormasligiga umid bildirgan. Rasmiy bayonotda yana bir muhim jihat tilga olindi: Eron uşbu mojaro davomida mamlakatning mudofaa imkoniyatlarini yetarliça hisobga olmagan.
Ular qarşilik tezda sinadi, deb öylagan bölişi mumkin, biroq amalda mudofaa tizimlari ança mustahkam ekani ta’kidlandi. Xususan, Fransiya bilan hamkorlikda taşkil etilgan havo patruli tizimi zarbalarni qaytarişda muhim rol öynayotgani aytildi. Şu bilan birga, Birlaşgan Arab Amirliklari yaqin kunlarda Eronga qarşi harbiy hujum boşlamasligini tasdiqladi.
Biroq bu ehtimol butunlay rad etilgani yöq. Şunga öxşaş bayonotni Saudiya arabistoni taşqi işlar vaziri Faysal bin Farhan Al Saud ham bildirdi.
U eronlik hamkasbi bilan telefon orqali muloqot qilganini va vaziyat muhokama etilganini aytdi. Saudiya Arabistoni hozirça Eronga qarşi töğridan töğri harbiy hujum boşlaş niyatida emas.
Ammo agar mamlakat hududidagi energetika infratuzilmasi, neft konlari, neftni qayta işlaş zavodlari yoki eksport terminallariga zarbalar berilsa, javob çoralarini köriş ehtimoli istisno qilinmasligi ham qayd etildi. Bundan taşqari, Bahrayn Fors körfazi hamkorlik kengaşiga a’zo davlatlar nomidan BMTga murojaat qilib, Eronga nisbatan çoralar köriş hamda mintaqadagi hujumlarni töxtatiş böyiça rezolyutsiya taklif qildi.












