2026 yil fevral oyida O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 203 foizga oshdi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, fevral oyida yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari 371 mln kVt/soat, shamol elektr stansiyalari esa 444 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqargan. Jami ishlab chiqarish hajmi 815 mln kVt/soatni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 413 mln kVt/soatga ko‘p.

Taqqoslash uchun, 2025 yil fevral oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 401 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Shundan 265 mln kVt/soat quyosh, 136 mln kVt/soat esa shamol elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Avvalroq, yil boshidan 13 fevralgacha O‘zbekistonda 1 mlrd kVt/soat «yashil» energiya ishlab chiqarilgani xabar qilingandi.