Financial Times (FT) naşrining yozişiça, global taqdimot 18-avgust kuni boşlanadi. Kompaniyaning özi esa bu qadamni sun’iy intellektning voyaga yetmaganlarga ta’siri yuzasidan jamoatçilikdagi noroziliklar fonida qöymoqda.
Ösmirlar uçun möljallangan versiyada öziga-özi şikast yetkaziş (self-harm), zöravonlik, ovqatlaniş buzilişi va jinsiy hayotga oid tasvir va materiallarni generatsiya qilişga çeklovlar kuçaytiriladi. ÇatGPT’da avvaldan mavjud bölgan ota-ona nazorati funksiyasi öz joniga qasd qiliş haqidagi suhbatlar kabi keskin vaziyatlarda ogohlantirişlar yuborgan bölsa, endi bunday bildirişnomalar zöravonlik va ovqatlaniş buzilişi mavzulariga ham qöşildi. Ösmirlar va oilalar bilan işlaş bölimi rahbari Loren Jonas bu funksiyalarning keçikişini kompaniya ösmirning şaxsiy daxlsizlik huquqi hamda ehtimoliy zararning jiddiyligi örtasida muvozanat topişiga töğri kelayotgani bilan izohladi.
FT’ning yozişiça, yangilaniş OpenAI bir tomondan, farzandlari çat-bot bilan muloqotdan jabr körganini da’vo qilayotgan oilalarning bir neçta da’volariga qarşi kuraşayotgan, ayni paytda esa kelgusi yil içida ehtimoliy rekord darajadagi aksiyalarni joylaştirişga tayyorgarlik körayotgan bir paytda çiqmoqda. Da’vogarlar orasida öz ölimini ChatGPT bilan muhokama qilgaç öz joniga qasd qilgan kaliforniyalik 16 yoşli Adam Reynning yaqinlari ham bor; sud materiallariga köra, bot unga batafsil körsatmalar bergan. Fevral oyida Kanadaning Tambler-Rij şahridagi maktabda sodir bölgan ommaviy otişmada halok bölganlarning oilalari ham da’vo arizasi bilan murojaat qilişdi: ma’lum bölişiça, otişma sodir etgan ösmir hujumdan bir neça oy oldin ChatGPT bilan zöravonlik qiliş niyatini örtoqlaşgan, uning akkaunti bloklangan, biroq kompaniya huquqni muhofaza qiliş idoralariga xabar bermagan.
OpenAI qoidalariga köra, 13 yoşdan kiçik bolalarga çat-botdan foydalaniş taqiqlanadi, voyaga yetmaganlar uçun esa ota-onaning roziligi talab etiladi. Xizmat ösmirlar versiyasini kimga körsatişni foydalanuvçi körsatgan yoş va bir qator bilvosita xulq-atvor belgilariga qarab aniqlaydi. Ösmirlar uçun möljallangan ChatGPT tanaffuslar haqida tez-tez eslatib turadi va «sukunat soatlari»ni qöllab-quvvatlaydi - bular foydalanuvçi yoki ota-onalar botga kirişni çeklaş uçun özi belgilaşi mumkin bölgan vaqt oraliqlaridir.
FT’ning yozişiça, kompaniya neyrotarmoqning bir zumdagi javoblari maktab öquvçilarining fikrlaş va örganiş qobiliyatiga zarar yetkazişi haqidagi da’volarga alohida javob berişga harakat qilmoqda - bu ta’sir «kognitiv yengillaşuv» deb ataladi. Yangilangan «ta’lim rejimi»da bot tayyor javob beriş örniga, ösmirni topşiriq böyiça bosqiçma-bosqiç yönaltirişi kerak. Jonasning sözlariga köra, ösmirlarning 90 foizi ÇatGPT’dan aynan ta’lim maqsadida foydalanadi va xizmatni öquv vositasiga aylantiriş kompaniyaning asosiy maqsadidir.












