Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ali Xominaiyning bevasi tirik ekani ma’lum qilindi
U 10 kundan buyon turmush o‘rtog‘i bilan birga halok bo‘lgan deb hisoblanayotgandi.
Foto: Getty Images
Erondagi Fars agentligi 12 mart kuni mamlakatning oldingi diniy rahbari Ali Xominaiyning rafiqasi hisoblangan Mansura Xo‘jasta tirik ekani haqida xabar tarqatdi.
«Uning o‘limi to‘g‘risidagi dastlabki xabar xato bo‘lib chiqdi», – deyiladi Fars xabarida.
Eron davlat nashrlari 2 mart kuni Mansura Xo‘jasta 28 fevral kuni AQSh va Isroil harbiylari tomonidan Ali Xominaiyning qarorgohiga yo‘llangan aviazarba oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar bergandi.
Xabarlarda bu zarba oqibatida Ali Xominaiydan tashqari qizi, kuyovi va nabirasi ham halok bo‘lgani aytilgan.
Eronning yangi diniy rahbari Mujtaba Xominaiy 12 mart kuni millatga qilgan murojaatda AQSh va Isroil zarbalari oqibatida rafiqasi va singlisi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, u onasining o‘limi haqida gapirmagan.
Mavzuga oid
09:20
Axios: Kuba Rossiya va Erondan jangovar dronlar sotib olgan
20:41 / 17.05.2026
AQSh muzokaralarni qaytadan boshlash uchun Eronga beshta shart qo‘ydi - OAV
20:00 / 17.05.2026
Hujum qilmaslik pakti: Saudiya yangi tartibni taklif qilmoqda
10:10 / 16.05.2026