AQŞ prezidenti Donald Tramp yana bir bor Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni tanqid qildi va u tinçlik kelişuvini tuzişga intilmayapti, dedi.

“Men Zelenskiy bitim tuzişni istamayotganidan hayronman. Zelenskiyga aytinglar, bitim tuzsin, çunki Putin bitim tuzişga tayyor”, — dedi Tramp 15 mart, yakşanba kuni e’lon qilingan NBC News’ga bergan intervyusida.

Amerika prezidentining sözlariga köra, Zelenskiy bilan “ança qiyinroq kelişiş” mumkin, Putin bilan esa bu osonroq. Tramp, şuningdek, Zelenskiyning AQŞ va uning ittifoqçilariga Yaqin Şarqda Eron dronlarini tutib qolişda yordam beriş taklifini ham rad etdi.

“Bizga yordami kerak bölmagan eng oxirgi odam — bu Zelenskiy”, — dedi Amerika prezidenti.

Rossiya, Ukraina va AQŞ örtasidagi muzokaralarning sönggi bosqiçi 17–18 fevral kunlari Jyenevada bölib ötgan edi. Keyingi uçraşuv mart boşida Abu-Dabida rejalaştirilgan, ammo 28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga qarşi uruş boşladi.

Zelenskiy Kiyev yangi muzokaralar bosqiçiga tayyor ekanini bildirib, 18–19 mart kunlari uçraşuv ötkazişni taklif qildi, ammo joy kelişib olinmadi: Amerika tomoni uçraşuv öz hududida — Mayami yoki Vaşingtonda ötişini talab qildi. Zelenskiy bunga rozi böldi. Öz navbatida, Rossiya Turkiya yoki Şveytsariyani taklif qildi, ammo amerikaliklar Yaqin Şarqdagi uruş ularga öz mamlakat hududidan taşqariga çiqişga imkon bermayotganini vaj qilib, buni rad etdi.

Hörmuz böğozining amalda yopilişi fonida — bu jahon neft ta’minoti va dengiz orqali eksport qilinadigan suyultirilgan tabiiy gazning 20 foizgaçasi ötadigan asosiy yönaliş hisoblanadi — Brent markasidagi neft narxi bir barrel uçun 120 dollargaça kötarildi. Tramp 12 martgaça kemalarga yuklangan Rossiya neftini xarid qilişga vaqtinça ruxsat berdi. U NBC’ga bergan intervyusida neft inqirozi tugaşi bilan Rossiyaga qarşi sanksiyalar “qaytarilişini” va’da qildi.