Rossiyada Telegram işida keng kölamli uzilişlar haqida xabar berilmoqda. Rossiya OAV 16 mart, duşanba kuni RFning turli hududlari, jumladan Moskva va Sankt-Peterburgdan kelgan foydalanuvçilar şikoyatlariga tayanib yozişiça, messenjer deyarli işlamay qolgan — hatto VPN işlatilganda ham uning mobil, desktop va veb versiyalari turli körinişlarda töğri işlamayapti.
«Kommersant» naşri suhbatlaşgan ekspertlarga tayanib qayd etişiça, Rossiyada sönggi haftalarda ogohlantirilgan Telegram blokirovkasi allaqaçon boşlangan.
«Sönggi bir sutkada Telegram uy provayderlari orqali, agar Rossiya IP-manzillari orqali ulaniş haqida gapirayotgan bölsak, amalda işlamayapti. Telegram’ning mobil internet orqali işlaşi haqida unutiş mumkin. Agar qaysidir şaharda faqat “oq röyxat”dagi saytlar faol bölsa, u holda köpçilik VPN-servislar ham Telegram’ga kirişga yordam bermaydi», — dedi «Kommersant»ga «Kod Durova» internet naşri eksperti Vladislav Voytenko.
Aloqa operatorlari assotsiatsiyasi MAKATeL prezidenti Aleksey Amelkin ham Telegram bilan boğliq muammolarni tasdiqladi.
«Sekinlaştiriş ançadan beri bor edi, lekin keça Telegram’ning Desktop-versiyasi işlamay qolgani haqida şikoyatlar paydo böldi. Hozirça operatorlar böyiça statistika kam va aniq emas, çunki odamlar VPN işlatyapti, şuning uçun messenjer işlayaptimi yoki yöqmi, aniq aytiş qiyin. Testlar şuni körsatmoqdaki, ehtimol, hammasi aloqa tarmoğiga — uyali yoki statsionar tarmoqqa — şuningdek hududga va hatto joyning öziga boğliq. Davlat organlari turli hududlarda turliça şartlarni qöllayapti, ehtimol, bu sinov uçun bölişi mumkin. Şuning uçun yagona holat yöq», — dedi u.
Ötgan dam oliş kunlari Downdetector va sboy.rf saytlarida Telegram’ning turli versiyalari işi böyiça turli hududlardan kelgan şikoyatlar soni yana oşdi. Şikoyatlarning katta qismi Moskva, Sankt-Peterburg va Moskva viloyatidan tuşgan.
Şu bilan birga, Moskva Taganskiy tuman sudi 16 mart kuni Rossiyada taqiqlangan deb e’lon qilingan kontentni öçirişdan boş tortgani uçun Telegram’ni 35 million rubl jarimaga tortdi. TASS axborot agentligi xabar berişiça, gap «ekstremizm»ga çaqiriqlar, voyaga yetmaganlar iştirokidagi pornografik materiallar, şuningdek giyohvand moddalarni tayyorlaş va xarid qiliş usullari haqidagi axborot haqida bormoqda.












