AQŞ Milliy aksilterror markazi direktori Jo Kent öz lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi. U bunday qarorga kelişiga Eronga qarşi uruş sabab bölganini ma’lum qilgan.
Donald Tramp ma’muriyatida terrorizmga qarşi kuraşni muvofiqlaştirişga mas’ul bölgan 45 yoşli Kent Oq uyni «kursni özgartiriş»ga çaqirdi.
Jo Kent Tramp jamoasi a’zosi bölgan, uning nomzodi AQŞ Senati tomonidan ötgan yilning iyul oyida Milliy aksilterror markazi rahbari lavozimiga tasdiqlangan.
«Eronda davom etayotgan uruşni vijdonan qöllab-quvvatlay olmayman. Eron mamlakatimizga bevosita tahdid solmayotgandi va biz bu uruşni Isroil va uning Amerikadagi qudratli lobbisi bosimi ostida boşlaganimiz aniq», – deya X ijtimoiy tarmoği orqali prezidentga murojaat qilgan u.
U postga iste’foga çiqiş töğrisida Donald Tramp nomiga yozilgan arizaning nusxasini ilova qilgan.
After much reflection, I have decided to resign from my position as Director of the National Counterterrorism Center, effective today.
— Joe Kent (@joekent16jan19) March 17, 2026
I cannot in good conscience support the ongoing war in Iran. Iran posed no imminent threat to our nation, and it is clear that we started this… pic.twitter.com/prtu86DpEr
«2025 yil iyuniga qadar siz Yaqin Şarqdagi uruşlar – Amerika vatanparvarlarimizning qimmatbaho hayotidan mahrum bölgan, mamlakat boyligi va farovonligini qurbon qilgan tuzoq ekanini tuşundingiz. 11 marta jangovar harakatlarda qatnaşgan faxriy va Isroil uyuştirgan uruşda sevimli rafiqasi Şennondan ayrilgan, Oltin Yulduz kavalerining turmuş örtoği sifatida men Amerika xalqiga heç qanday foyda keltirmaydigan uruşda yangi avlodni ölimga yuborişni qöllab-quvvatlay olmayman», – deya davom etadi Kent.
Kent – Markaziy razvedka boşqarmasining maxsus topşiriqli kuçlari faxriysi. Uning harbiy-dengiz kuçlarida kriptolog bölib xizmat qilgan rafiqasi Şennon Kent 2019 yilda Suriyada xudkuş hujumi oqibatida halok bölgan.
Kent «Isroilning yuqori martabali amaldorlari» va nufuzli amerikalik jurnalistlar Tramp ma’muriyatining «Amerika hamma narsadan ustun» siyosatiga putur yetkazgan «notöğri ma’lumotlar» tarqatganini ham ta’kidlagan.
Hozirça Donald Tramp bu iste’fo yuzasidan munosabat bildirmadi.














