Fransiya harbiy-dengiz kuçlari 20 mart, payşanba kuni ertalab Örta Yer dengizida Rossiyaning “soya floti”ga mansub Deyna tankerini qölga oldi. Bu haqda prezident Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi. Kema Mozambik bayroği ostida Murmansk portidan ketayotgan bölgan va soxta bayroqdan foydalanganlikda gumon qilingan. Fransiyaning Örta Yer dengizi böyiça prefekturasi ma’lum qilişiça, operatsiya britaniyalik ittifoqçilar bilan hamkorlikda ötkazilgan.
Makron ta’kidlaşiça, Yaqin Şarqdagi uruş Fransiyani Ukrainaga yordam berişdan çalğitmaydi. Uning sözlariga köra, “soya flot” kemalari xalqaro sanksiyalarni çetlab ötadi, dengiz huquqini buzadi va Rossiyaning harbiy harakatlarini moliyalaştiradi.
Bu bir hafta içida Rossiya neftini taşiyotgan tankerlarni qölga oliş böyiça ikkinçi holatdir — bundan oldin Şvetsiya Braziliyadan Primorskka yöl olgan Sea Owl kemasini töxtatgan edi. Fransiya floti uçun esa bu yil boşidan buyon şunga öxşaş ikkinçi hodisa böldi.
Yanvar oyi oxirida Fransiya Harbiy-dengiz kuçlari Örta Yer dengizida Rossiyadan Komor orollari bayroği ostida, hind ekipaji bilan ketayotgan sanksiya ostidagi Grinch tankerini ham qölga olgan edi. Öşandagi operatsiya ham Britaniya tomonidan berilgan razvedka ma’lumotlari kömagida ötkazilgan.
Fransiya hokimiyati kema kapitanini — 58 yoşli Hindiston fuqarosini hibsga oldi, tankerning özi esa Marsel prokuraturasi ixtiyoriga topşirildi. Kema faqat fevral örtalaridagina bir neça million yevro miqdorida jarima tölanganidan keyin ozod qilingan.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova esa qölga olingan Grinch tankeri “Rossiya bilan har qanday aloqadan mahrum” ekanini aytdi va na yuk, na uning egasi haqida heç narsa bilmasligini bildirdi.












