Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: yangilanish faslida xalqimizning bunyodkorlik salohiyati yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlab, yangilanish faslida xalqimizning umummilliy birdamligi va bunyodkorlik salohiyati yanada yaqqol namoyon bo‘layotganini ta’kidladi.
Davlat rahbari ta’kidlaganidek, bugun bahorni sog‘ingan qalblar yangi kun, yangi hayot shukuhi bilan yashamoqda. Osmondan yog‘ayotgan obirahmat tufayli daryo va ko‘llar suvga to‘lib, bog‘lar, qir va adirlar yashillikka burkanmoqda. Bu esa yil barakali kelishidan darak bermoqda.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ayni kunlarda shahar va qishloqlar, vodiy va vohalarda Navro‘z sayillari va xalq sayllari boshlanib, yurt bo‘ylab bayramona muhit qaror topmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Navro‘zni yangilanish, ezgulik va birdamlik ayyomi sifatida ta’riflab, ushbu qutlug‘ kunlarda xalqimizning umummilliy birdamligi, mehnatsevarligi va bunyodkorlik salohiyati yanada yorqin namoyon bo‘layotganini qayd etdi.
Davlat rahbari, shuningdek, Navro‘z qadriyatlariga sodiq qolgan holda, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir yurtdoshni rozi qilish yo‘lidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilayotganini urg‘uladi.
Qayd etilganidek, bu yilgi Navro‘z bayrami “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” degan g‘oya asosida nishonlanmoqda. Bu esa yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini ta’minlash va jamiyatda ahillik muhitini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi sifatida baholanmoqda.
Mavzuga oid
20:24 / 08.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi
17:37 / 08.05.2026
Prezident Xotira kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi, faxriylar holidan xabar oldi
18:21 / 07.05.2026
Prezident jamoat transportini aglomeratsiya tizimi asosida rivojlantirishni buyurdi
17:56 / 07.05.2026