Toşkent şahridagi «Yangi Özbekiston» boğida Navröz umumxalq bayrami munosabati bilan tantanali marosim boşlandi.
Unda sözga çiqqan prezident Şavkat Mirziyoyev butun xalqni, şuningdek, dunyoning turli mamlakatlarida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoşlarni Navröz ayyomi bilan qutladi.
Davlat rahbari öz tabrigida bugungi qutluğ kun Navröz bayrami bilan muborak Ramazon hayiti bir vaqtga töğri kelgani alohida ramziy ma’no kasb etişini ta’kidladi.
“Bugun bamisoli ikki azim daryo tutaşmoqda – Navröz bayramini muborak Ramazon hayiti bilan birga nişonlamoqdamiz”, dedi prezident.
Şavkat Mirziyoyev Navrözni tabiatning uyğonişi, gözallik, yangilaniş va ruhiy poklaniş timsoli sifatida ta’riflab, uşbu bayram yurtimizga tinçlik, baxt va farovonlik olib kelişini tiladi.
Tantanali marosim Navrözning milliy qadriyatlar, bağrikenglik va birdamlik ruhini uluğlovçi umumxalq bayrami sifatida yuksak ruhda davom etmoqda.













