Eron Hind okeanidagi AQŞ va Buyuk Britaniyaning Diyego-Garsiya harbiy bazasiga ikkita örta masofali ballistik raketa uçirdi. Bu haqda 21 mart kuni The Wall Street Journal (WSJ) ma’lum qildi.
Raketalarning heç biri nişonga tegmagan. Ikki manbaga köra, ulardan biri parvozda işdan çiqqan, yana biriga qarşi AQŞ kemasi SM-3 raketasini uçirgan. Hozirça urib tuşirilgani haqida ma’lumot yöq.
Naşrning qayd etişiça, bu Eron tomonidan örta masofaga uçuvçi raketalarni jangovar qöllaşning birinçi holati va Yaqin Şarqdan taşqaridagi AQŞ manfaatlariga tahdid solişga birinçi jiddiy urinişidir.
Diyego-Garsiya bazasi Erondan taxminan 4 ming kilometr uzoqlikda joylaşgan. Zarba, aftidan, Tehron ilgari tan olganidan köra uzoqroq masofaga uçuvçi raketalarga ega bölişi mumkinligini anglatadi, deb ta’kidlaydi WSJ.
Avvalroq, Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Tehron özini tahdid sifatida qabul qilinişini istamagani uçun raketalar uçiş masofasini ataylab 2 ming kilometrga çeklaganini aytgandi.












