Toşkent şahrining Yunusobod tumanida obodonlaştiriş işlari olib borilişi munosabati bilan 2026 yil 23 martdan 7 aprel kuniga qadar (şu kuni ham) Amir Temur xiyoboni hududi butun perimetri böylab vaqtinça yopiladi.

Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, çeklovlar faqat Maxtumquli, Istiqbol, Sayilgoh köçalari hamda Amir Temur va Mustaqillik şohköçalari çegaralarida joylaşgan xiyobon maydonining öziga taalluqlidir.

Qayd etilişiça, işlar davomida piyodalar yölaklari qoplamasini ta’mirlaş va qisman yangilaş, muhandislik kommunikatsiyalari va suğoriş tizimini modernizatsiya qiliş, şuningdek, hududni kökalamzorlaştiriş rejalaştirilgan.

Hokimlikning ta’kidlaşiça, olib borilayotgan işlar doirasida mavjud bölgan birorta ham daraxtga ziyon yetkazilmaydi.

“Aksinça, qöşimça köçatlar ekiş va hududni kökalamzorlaştirişni kuçaytiriş işlari közda tutilgan”, deyiladi xabarda.

Tutaş köçalarda avtotransport harakati va yöl böyida töxtab turiş imkoniyati odatdagi tartibda saqlanib qolişi aytilmoqda.

Belgilangan muddatda xiyobon hududiga olib çiquvçi metro bekatlarining çiqiş yöllari ham vaqtinça yopiladi.