Prezident Şavkat Mirziyoyev 23 mart kuni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida 2026-2030 yillarga möljallangan ustuvor umummilliy loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
“Toza havo” loyihasining muhim tarkibiy qismi sifatida issiqxonalar masalasi ham muhokama qilindi.
Toşkent şahri va Toşkent viloyatida issiqxona xöjaliklari juda köp, ular orasida isitiş manbalari sifatida kömir, mazut va nostandart yoqilğidan foydalanuvçi issiqxonalar uluşi ham yuqori, ular çiqarayotgan NO2, SO2 va PM2,5 kabi xavfli moddalar havo sifatiga jiddiy ta’sir körsatayotgani qayd etildi. Qolaversa, Toşkent hududida yillik quyoş nurlanişi qolgan hududlarga qaraganda nisbatan past bölgani sababli bu yerda issiqxonada mahsulot yetiştiriş xarajati ança baland. Masalan, yanvar oyida Toşkentda örtaça harorat Tselsiy böyiça 6 daraja issiq bölsa, Termizda 10,8 daraja issiq. 1 tonna issiqxona mahsulotini yetiştiriş xarajati Toşkent viloyatida 11,9 million sömni, Surxondaryoda esa 4,9 million sömni taşkil etadi.

Mahsulotlarni insolyatsiya darajasi yuqori bölgan hududlarda yetiştiriş issiqxona xöjaliklarining moliyaviy holati uçun ham, içki bozordagi narx barqarorligi nuqtai nazaridan ham manfaatli hisoblanadi. Şu bois, Toşkent şahri va unga tutaş hududlardagi issiqxonalarni energiya tejamkor va tabiiy-iqlim şaroiti qulay bölgan hududlarga bosqiçma-bosqiç köçiriş taklifi bildirildi. Xususan, Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida kamida 940 gektar maydonda agropark taşkil etiş rejalaştirilgan. Bu hududda quyoş nurlanişi yuqori, qiş nisbatan yumşoq, isitiş xarajatlari ança past bölib, bu mahsulot tannarxini keskin tuşiriş imkonini beradi.
2026 yil 1 oktyabrdan boşlab Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda yangi issiqxona taşkil etişni çeklaş, şu bilan birga, köçirilayotgan xöjaliklarga infratuzilma, kredit va logistika böyiça imtiyozlar beriş nazarda tutilmoqda.













