AQŞ prezidenti ma’muriyati Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibofni muzokaralar uçun hamkor va hatto mamlakatning yangi rahbari sifatida körmoqda, deb xabar berdi Politico öz manbasiga tayanib.
Naşr suhbatdoşlari qayd etişiça, hozirça Ğolibof böyiça heç qanday qaror qabul qilinmagan. Prezident ma’muriyati «bir neça nomzodlarni stress-testdan ötkazmoqçi».
Uşbu nomzodlar röyxatida Eronning sönggi şohi Rizo Pahlaviyning öğli yöq. Politico suhbatdoşlariga köra, Oq uydagilar «Venesuela ssenariysi»ni körib çiqişmoqda – ular hokimiyat tepasiga mamlakat içkarisida qöllab-quvvatlovga ega hamda AQŞ bilan murosa qiladigan odam kelişini xohlaşmoqda. Tramp ma’muriyati Pahlaviy Eronda qandaydir legitimlikka ega bölişiga işonmaydi.
Şu bilan birga, ekspertlar Eron parlamenti spikeri AQŞga sadoqat izhor etişiga ham şubha bilan qaramoqda.
«Ğolibof — <…> ambitsiyali va pragmatik odam, ammo şu bilan bir vaqtda islomiy tuzumni saqlab qolişning qat’iy tarafdori. Bu esa uning Vaşingtonga qandaydir muhim yon berişga boradigan nomzod böliş ehtimolini kamaytiradi», – deydi Xalqaro krizis guruhining Eron böyiça katta tahlilçisi Ali Voiz.
Muhammad Boqir Ğolibof 1980-yillarda Eron va Iroq örtasidagi uruş çoğida Islom inqilobi muhofizlari korpusida xizmat qilgan. 1999 yilda Eron politsiyasi boşliği etib tayinlangan. 2005-2017 yillarda Tehron şahri meri bölib işlagan. 2020 yildan buyon Eronning bir palatali parlamenti – Majlis prezidenti hisoblanadi.













