AQŞ prezidenti Donald Tramp jurnalistlar qarşisida ham Vaşington Tehron vakillari bilan «juda samarali muzokaralar» ötkazgani, asosiy masalalar böyiça «tutaşiş nuqtalari» borligini aytdi.

«Bizda juda va juda samarali muzokaralar bölib ötdi. Köramiz, bu nimaga olib borarkan. Degan bölardimki, asosiy masalalarning aksariyati – deyarli barçasi böyiça hamfikrmiz», – degan AQŞ prezidenti. 

Uning sözlariga köra, muzokaralarda Amerika tomonidan uning kuyovi Jared Kuşner va maxsus vakil Stiv Uitkoff iştirok etgan. Tramp Eron nomidan muzokaralarda kimlar iştirok etganiga aniqlik kiritmagan, faqat u «yuqori martabali muhtaram yetakçi» ekanini qayd etgan.

Tramp şuningdek muzokaralar taşabbuskori Tehron bölganini qayd etgan.

«Ular kelişuv tuzişni istaşmoqda va biz bunga tayyormiz. <…> Ularda heç qaçon yadro quroli bölmaydi. Ular bunga rozi bölişdi», – degan u.

Axios öz manbasiga asoslanib yozişiça, Vaşington va Tehron muzokaralariga Turkiya, Misr va Pokiston vositaçilik qilayotgani haqida xabar bergan. Uşbu mamlakatlar taşqi işlar vazirlari ikki kun mobaynida Amerika va Eron vakillari – Stiv Uitkoff hamda Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi bilan alohida muzokaralar ötkazişgan.

The Jerusalem Post ma’lumotiga köra, Vaşington bilan muzokaralarni Eron tomonidan parlament spikeri Muhammad Boqir Ğolibof olib bormoqda.

Tramp avvalroq «samarali muzokaralar» munosabati bilan Pentagonga Eron energetika infratuzilmasiga zarba berişni beş kunga keçiktirib turişni buyurgani haqida aytgandi.

Eron tomoni esa AQŞ bilan muzokaralar ötkazilayotganini tasdiqlamagan. Tehrondagilar Tramp «Eronning harbiy tahdidlari tobora işonçli tus olgani tufayli muhim infratuzilmalarga hujum qilişdan boş tortgani» haqida aytişgandi.