Geosiyosiy vaziyatning yomonlaşişi yoki iqtisodiy beqarorlik, masalan, uruşlar, siyosiy yoki moliyaviy inqirozlar oltin narxini oşiradi. Şu sababdan sönggi yillarda qimmatbaho metall bahosi keskin qimmatlaşdi. 2026 yilning 28 yanvar kuni narxlar 5608 dollargaça kötarildi. Ammo mart oyining örtalarida oltin ketma-ket töqqiz kun arzonlaşdi va 1983 yildan beri eng yomon haftani ötkazdi. Sabab nima?
Oltin nega keskin arzonladi?
Yaqin Şarqdagi mojaroning kuçayişi fonida global miqyosida neft yetkazib berişda uzilişlar kuzatilyapti. Jahon neft eksportining qariyb beşdan bir qismi ötadigan Hörmuz böğozida kema qatnovi deyarli töxtab qoldi, bu esa yonilği narxlarining kötarilişiga sabab bölyapti. Global inflatsiya kuçaydi. Natijada markaziy banklar, xususan, AQŞ Federal zaxira tizimi foiz stavkalarini pasaytirişni keçiktirişga majbur bölyapti. Agar yirik markaziy banklar foiz stavkalarini yuqori darajada uşlab tursa yoki davlat obligatsiyalari böyiça daromadlilik oşsa, sarmoyadorlar öz mablağlarini foiz keltirmaydigan oltindan köra, kafolatlangan daromad keltiruvçi obligatsiyalarga yönaltirişni afzal körişadi.
Şuningdek, mart oyi boşidan beri dollar 2 foizga mustahkamlandi. AQŞ dollari boşqa asosiy valutalarga nisbatan kuçayganda, oltin narxi odatda pasayadi. Dollar qançalik qimmat bölsa, boşqa valutada xarid qiluvçilar uçun oltin şunçalik qimmatga tuşadi, bu esa global talabni susaytiradi.
Agar xalqaro maydondagi siyosiy va iqtisodiy ziddiyatlar, masalan, savdo uruşlari yoki mintaqaviy mojarolar, qisman barqarorlaşgan bölganda ham investorlarda «xavfsizlik bandargohi»ga bölgan ehtiyoj kamayadi. Bu esa xavfliroq, ammo daromadliroq bölgan aksiyalar bozoriga kapital oqib yönaltirilişiga olib keladi.
Oltin narxining Özbekistonga ta’siri
Bir neça kun oldin Markaziy bank Özbekistonning xalqaro zaxiralari haqidagi ma’lumotlarni yangiladi. 1 mart holatiga köra, mamlakatning xalqaro aktivlari 77,1 mlrd dollargaça oşdi. Bu mutlaq rekord körsatkiçdir. Zaxiralarning 67,6 mlrd dollari yoki qariyb 88 foiz qismi aynan oltin hissasiga töğri kelgan. Taqqoslaş uçun, 2025 yilning 1 yanvar holatida xalqaro aktivlar 41,2 mlrd dollar, uning tarkibida oltinning uluşi 32 mlrd dollar bölgan. Ya’ni narxlarning qimmatlaşişi hisobiga Özbekistonning oltin aktivlari 14 oy içida 87 foizga yoki 35,9 mlrd dollarga köpaydi.
Bundan taşqari, Özbekiston eng yirik oltin işlab çiqaruvçi va uni eksport qiluvçi mamlakatlardan biridir. Xususan, 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2023 yilda esa 8,2 mlrd dollarlik, 2024 yilda 7,5 mlrd dollarlik oltin sotilgan. 2025 yilda bu 9,9 mlrd dollargaça oşdi.













