Donald Tramp 23 mart kuni kutilmaganda AQŞ Eron bilan muzokaralar ötkazayotgani va uruşni yakunlaş böyiça muzokaralarga yaqinligini ma’lum qildi. AQŞ prezidenti 21–22 mart kunlari «juda yaxşi va samarali muloqot» bölib ötgani haqida aytdi.
Eron tomoni muzokaralar bölib ötganini rad etib, Trampning bu bayonotlari Uoll-stritda savdolar oçilişi arafasida bozorni tinçlantiriş hamda neft narxini tuşirişga qaratilgan qadam ekanini bildirişdi.
Ma’lum bölişiça, ikkala tomon ham bir-biridan bexabar holda zid bayonotlar bergan. The Wall Street Journal ma’lumotlariga köra, AQŞ va Eron örtasida töğridan töğri aloqalar bölmagan. Ammo xalqaro vositaçilar guruhi – Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston bilvosita aloqa kanalini yölga qöyişga muvaffaq bölgan.
Asosiy muammo – muzokaralarda Eron tomonidan iştirok etadigan şaxsni topişda bölmoqda. Sönggi oylarda bu vazifani Eron siyosati faxriysi, nufuzli konservativ klan vakili va oliy rahbar Ali Xominaiyning işonçli vakili bölgan, Milliy xavfsizlik oliy kengaşi kotibi Ali Larijoniy bajarayotgandi. Ammo 17 mart kuni u Isroilning havo hujumi natijasida halok böldi.
Misr maxsus xizmatlari Islom inqilobi muhofizlari korpusi rahbariyati bilan aloqaga çiqqan va ularga muloqot boşlaş uçun qisqa muddatli otaşkesim böyiça taklifni yetkazgan.
22 mart kuni Tramp agar Eron ikki kun içida Hörmuz böğozini oçmaydigan bölsa, AQŞ Erondagi elektr stansiyalarini bombalaşni boşlaşi haqida ogohlantirdi. Fuqarolik infratuzilmalarini öqqa tutiş tahdidi jiddiy ritorik eskalatsiyaga aylandi. Yaqin Şarqdagi vositaçilar Amerika prezidentiga Eron bilan aloqaga çiqişganini bildirişdi, u esa bundan ritorik eskalatsiya harbiy eskalatsiyaga aylanmasligi uçun foydalandi va ultimatum muddatini beş kunga uzaytirdi.
Muzokaralarda Erondan kim qatnaşadi?
The New York Times naşri Amerika va Erondagi manbalariga tayanib xabar berişiça, 23 mart kuni Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi örtasida telefon muloqoti bölib ötgan.
Bu vaziyatda Aroqçi – köproq texnik figura. Eron tomonidan qarorlarni u qabul qilmasligi aniq. Uruşdan oldin «yadro muammosi» böyiça Jyenevada ötkazilgan muzokaralarda ham Eron delegatsiyasiga Aroqçi rahbarlik qilgan, ammo Eron pozitsiyasini u emas, balki Ali Larijoniy belgilagan hamda muzokaralarga rahbarlik qilgandi.














