Davlat rahbari Tojikiston prezidentining uşbu davlat taşrifi tarixiy ahamiyatga ega bölib, ikki mamlakat örtasidagi köp asrlik döstlik, yaxşi qöşniçilik va özaro hurmat riştalarini mustahkamlaşda yana bir muhim qadam ekanini alohida ta’kidladi.

– Bugun biz Oliy davlatlararo kengaşning birinçi yiğilişini boşlab bermoqdamiz. Uşbu format, şubhasiz, ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötaradi, Özbekiston – Tojikiston strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini amaliy mazmun va ilğor taşabbuslar bilan boyitişga xizmat qiladi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Hukumatlar, parlamentlar va idoralar darajasidagi faol va yaqin aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi.

Taşrifga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya yiğilişi, sanoat körgazmasi va hududlar, rektorlar, olimlar, yoşlar va tahlil markazlarining forumlari muvaffaqiyatli taşkil qilindi. Ayni paytda mamlakatimizda Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari ötkazilmoqda.

Yiğilişda tomonlar hamkorlikning yangi yönalişlarini batafsil muhokama qilib, işga solinmagan imkoniyatlardan foydalaniş yöllarini tahlil qildilar hamda özaro manfaatli Özbekiston – Tojikiston hamkorligini mustahkamlaşga katta sur’at bağişlaydigan bir qator muhim qarorlarni qabul qildilar.

Özaro savdo hajmini oşiriş, sanoat kooperatsiyasini rağbatlantiriş, transport sohasida özaro boğliqlikni mustahkamlaş, suv va energetika xavfsizligini kuçaytiriş çoralariga alohida e’tibor qaratildi.

Ötgan yili tovar ayirboşlaş hajmi, eng avvalo, tayyor mahsulotlarni özaro yetkazib beriş hisobiga qariyb 1 milliard dollarga yetdi.

Sanoat, quriliş, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, elektrotexnika, farmatsevtika va boşqa köplab sohalarda qator kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.

Bugungi kunda ikki mamlakat poytaxtlari örtasida aviareyslar, avtobus va poyezd qatnovlari yölga qöyilgan. Yuk taşiş hajmi jadal ösib bormoqda.

2030 yilga borib, özaro savdoni 2 milliard dollarga yetkaziş imkoniyatlari körib çiqildi.