Özbekistonga investitsiyalarni oşiriş maqsadida Toşkent xalqaro moliya markazi taşkil etiladi. 25 mart kuni prezident Şavkat Mirziyoyev bu boradagi taqdimot bilan tanişdi.
Hisob-kitoblarga köra, 2030 yilgaça moliya markazi iqtisodiyotga qöşimça 20-25 milliard dollar jalb qiliş, yalpi içki mahsulot ösişiga har yili qöşimça 1 foizgaça hissa qöşiş, 15 mingtagaça yangi yuqori malakali iş örni yaratiş, 10 ming nafar mutaxassis malakasini oşirişga xizmat qilişi mumkin.
Markaz faoliyati uçun maxsus huquqiy rejim joriy etiş közda tutilgan. Bunda Angliya va Uelsning umumiy huquqi markaz töğrisidagi qonunga zid bölmagan darajada tatbiq qilinadi, markazning boşqaruv organlari öz normativ-huquqiy hujjatlarini qabul qiliş vakolatiga ega böladi.
Nizolarni körib çiqişga ixtisoslaşgan Toşkent xalqaro tijorat sudi va xalqaro arbitraj markazi faoliyati yölga qöyiladi.

Markaz rezidentlari uçun keg imkoniyatlar yaratiladi:
- kapitalning erkin harakati va repatriatsiyasi;
- erkin valuta operatsiyalari;
- zamonaviy tölov vositalari, jumladan, raqamli aktivlar bilan işlaş;
- imtiyozli soliq rejimi;
- soddalaştirilgan viza tartibi şular jumlasidan.
Moliya-investitsiya va bank faoliyati, suğurta, raqamli aktivlar, qimmatli qoğozlar, tölov tizimlari va xizmatlari, moliyaviy texnologiyalar bilan boğliq xizmatlar markazning asosiy faoliyat yönalişlari böladi.

















