AQŞ prezidenti Donald Tramp Texnologiya kengaşiga bir qator eng yirik biznes vakillarini, jumladan, Meta va Nvidia boş ijroçi direktorlarini tayinladi. Mark Tsukerberg va Jyensen Xuan, şuningdek, Oracle hammuassisi Larri Ellison SI siyosati va boşqa masalalarni baholaşi lozim.
Ilm-fan va texnologiyalar böyiça prezident kengaşi ((PCAST) hamraislari ilgari Tramp ma’muriyatida sun’iy intellekt va kriptovalutalar siyosati uçun mas’ul bölgan Devid Saks va yana bir texnologik maslahatçi - Maykl Krasios böladi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.
Tramp 25 mart kuni sohaning 13 a’zosidan iborat dastlabki tarkibni tayinladi, unga Google hammuassisi Sergey Brin va Dell Technologies asosçisi Maykl Dell ham kirdi. Prezident farmoniga muvofiq, yakunda kengaş tarkibiga 24 kişi kirişi mumkin.
«Qöşma Ştatlar sun’iy intellekt sohasida dunyoda yetakçilik qiliş imkoniyatiga ega, - dedi Tsukerberg The Wall Street Journal naşriga. - Prezident kengaşiga qöşiliş va buni amalga oşirişga yordam beriş uçun boşqa soha yetakçilari bilan işlaş men uçun katta şaraf».
Tramp prezidentlik lavozimidagi birinçi muddatida ham şunga öxşaş kengaş tuzgan, uning tarkibiga texnologiya sohasi vakillari kirgan, ammo uning a’zolari orasida bunday taniqli şaxslar bölmagan edi.












