Kun.uz sayti öz an’anasiga muvofiq, 2026 yil 1 apreldan boşlab Özbekiston qonunçiligida röy beradigan ayrim özgarişlarni eslatib ötadi.
Zöravonlikka uçragan ayollar uçun «SOS» çaqiruv imkoniyati işga tuşiriladi;
Nukus şahrining ayrim aholi punktlarida yaşovçilarga boğça tölovlarida imtiyozlar joriy qilinadi;
Keksa yoşdagi notarius lavozimida bölişning eng yuqori yoş çegarasi oşiriladi.
Alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotib oliş taqiqlanadi.
Kun.uz an’anaga muvofiq, 2026 yil 1 apreldan boşlab Özbekiston qonunçiligida kuçga kiradigan ayrim normalarni eslatib ötadi.
Davlat şifoxonalari 5 kunlik iş tartibiga ötadi
2025 yil 9 noyabrda prezidentning “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qöllab-quvvatlaş çoralari töğrisida”gi qarori qabul qilingandi. Unga köra, 1 apreldan davlat tibbiyot muassasalarining iş vaqti rejimi 5 kunlik iş haftasiga ötadi.
Aholiga tibbiy xizmat körsatişda uziliş bölmasligi uçun bayram va dam oliş kunlarida navbatçilik tizimi yölga qöyiladi. Bu orqali şifoxonalar va boşqa davlat tibbiyot muassasalari zarur holatlarda faoliyatini davom ettiradi.
Mazkur tartib tibbiyot muassasalarida iş jarayonini samarali taşkil etiş, xodimlarning mehnat yukini maqbullaştiriş hamda xizmat körsatiş sifatini yaxşilaşga qaratilgan. Şuningdek, bu özgariş aholi uçun tibbiy yordam oliş imkoniyatlarini çeklamasligi ta’kidlanmoqda.
Hujjatda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş ham nazarda tutilgan. Qayd etilişiça, davlat tibbiyot muassasalari xodimlari “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan Tibbiyot muassasalarining moddiy rağbatlantiriş va rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan har yili mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorida rağbatlantiriladi.
Radarlar ham jarima ballari yozadi
2026 yil 1 apreldan e’tiboran radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uçun ham haydovçilarga jarima ballari yoziladi.











