Tojikiston prezidentining davlat taşrifi doirasida 26 mart kuni Toşkent şahrida uşbu mamlakat elçixonasining yangi binosi oçilişiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravişda oçdi.
Yetakçilar elçixona va konsullik bölimining ma’muriy binolari, elçi qarorgohi, diplomatlar va ularning oila a’zolari uçun turar-joylarni öz içiga olgan majmuani közdan keçirdi.
Marosim yakunida prezidentlar Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib, diplomatik vakolatxona hududiga daraxt ekdi.
Ta’kidlanişiça, uşbu tadbir Özbekiston bilan Tojikiston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga bölgan özaro intiliş qat’iy ekanini tasdiqladi.


















