Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh desantchilari Yaqin Sharqqa yetib keldi
Guruh tarkibidan 3500 ga yaqin dengizchi va dengiz piyodalari hamda transport va qiruvchi samolyotlar, desant vositalari va boshqa texnikalar o‘rin olgan.
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining «Tripoli» nomli desant kemasi «AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligining javobgarlik zonasi»ga yetib keldi.
Markaziy qo‘mondonlik (CENTCOM) bayonotida uning aniq manzili keltirilmagan, ammo avvalroq kema Yaqin Sharqqa suzayotgani ma’lum qilingandi. Ushbu kema 31-dengiz piyodalari ekspeditsiyasi tarkibidagi «Tripoli» desant guruhi flagmani hisoblanadi.

«Guruh tarkibiga 3500 ga yaqin dengizchi va dengiz piyodalari hamda transport va qiruvchi samolyotlar, desant vositalari va boshqa texnikalar kiradi», – deyiladi xabarda.
Ushbu guruh bungacha Yaponiya hududida turgandi.
26 mart kuni The Wall Street Journal kongressdagi manbalariga tayanib «yaqin vaqt ichida» AQShning Eronga qarshi quruqlikdagi operatsiyasi boshlanishi haqida xabar bergandi.
AQSh dengiz piyodalaridan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish maqsadida Eron janubiy sohillari yaqinidagi bir yoki bir necha orolni egallab olishda foydalanilishi mumkin.


Mavzuga oid
08:51
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
08:21
AQSh: Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
08:15
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
22:03 / 03.06.2026