Andijon viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi, Davlat xavfsizlik xizmati, Içki işlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan dori vositalarini işlab çiqariş va muomalaga kiritişning oldini olişga qaratilgan tezkor qidiruv tadbirlari ötkazildi.

Andijon va Asaka şaharlari hamda Asaka tumanida ötkazilgan tezkor tadbirlarda şubha ostiga olingan 3 nafar şaxsning yaşaş xonadonlarida dori vositalarini işlab çiqarişga möljallangan yaşirin laboratoriya va sexlar taşkil qilingani aniqlandi.

Qölbola tarzda dori vositalarini işlab çiqarişga möljallangan yaşirin sexlardan qiymati 1 mlrd 250 mln sömlik uskunalar, muhrlar, 214 ming dona böş flakon va idişlar, turli etiketka va yöriqnomalar, ularni qadoqlaşga xizmat qiluvçi anjomlar aşyoviy dalil sifatida olindi.

Şuningdek, 163 xil turdagi 286 ming 676 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari olib qöyildi.

“Tivortin”, “Layboten”, “Revarton”, “Diprospan”, “Riyabolel” “Tsefazolin”, “Streptomitsin”, “Ampitsillin” kabi qölbola dori vositalarining asl nusxalari qiymati farmatsevtika bozorida örtaça 10 mlrd. sömni taşkil qiladi.