Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tunda poyga uyushtirgan haydovchilar qamaldi
Olmazor tumanida tunda poyga uyushtirgan va fuqarolarning hayotini xavfga qo‘ygan ikki yigit 10 sutkaga qamaldi. Mashinalar jarima maydoniga joylashtirildi.
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi yo‘l qatnov qismida poyga uyushtirib, fuqarolarning hayotini xavfga qo‘ygan va jamiyatda yurish-turish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan ikki yigitga jazo tayinlandi.
Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi xabariga ko‘ra, boshqarmaga 22 mart kuni soat 03:40 da Lacetti va Onix avtomobillarida poyga uyushtirilayotgani, harakat qoidalari bilan birga jamoat tartibi buzilayotgani yuzasidan tezkor ma’lumot kelib tushgan.
Mazkur ko‘chadagi kamera yozuvlari va guvohlarning ko‘rsatmasi asosida o‘tkazilgan surishtiruvlar davomida Lacetti rusumli avtomobilda 27 yoshli Ramiz Islomov va Onix rusumli avtomobilda 21 yoshli Azimjon Abdusattorov bo‘lgani aniqlangan.

Shu kunning o‘zida mashinalar jarima maydoniga qo‘yilgan. Hujjatlar sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudi qaroriga ko‘ra, ikki yigitning har biriga 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yuqoridagi shaxslarning qonunbuzarliklaridan jabrlangan fuqarolardan ichki ishlar organlariga murojaat qilishni so‘radi.
Mavzuga oid
08:55 / 19.06.2026
Abdulla Qodiriy ko‘chasida haydovchilar uchun yangi qayrilish joyi tashkil etildi
11:30 / 12.06.2026
Qo‘pol yo‘l qoidabuzarliklari uchun transport vositasi musodara qilinishi mumkin
08:45 / 12.06.2026
Toshkentda xavfli harakatlangan Cobalt o‘q uzib to‘xtatildi
07:48 / 24.05.2026