Donald Tramp boşçiligidagi AQŞ Eron atrofida harbiy bosimni kuçaytirar ekan, rasmiy Tehron ham javob çoralarini tayyorlamoqda. Sönggi 24 soat içida raketa zarbalari, ziddiyatli bayonotlar va yaşirin muzokaralar haqidagi xabarlar keng yoyinlandi. Videoda mintaqadagi eng muhim sönggi voqealar qisqa şaklda jamlandi.

“Sulton” aviabazasiga zarba

Eron raketa va dronlar bilan Saudiya Arabistonidagi “Şahzoda Sulton” aviabazasiga zarba berdi va AQŞning bir neçta yonilği quyiş samolyotlariga zarar yetkazdi. Sun’iy yöldoşdan olingan tasvirlarda aviabazadagi AQŞning 3 ta KC-135 yonilği quyiş samolyoti vayron bölgan yoki şikastlangani körinadi.

CBS ma’lumotlariga köra, zarba tufayli ön nafar amerikalik harbiy jarohat olgan. 27 martdagi hujum – Eron tomonidan uşbu bazaga qilingan ikkinçi zarba böldi.

Tramp bayonotlari

Donald Tramp Eronning energetika obektlariga zarbani 10 kunga keçiktirib, şu davrda Tehron bilan muzokaralarning yangi bosqiçini boşlamoqçi ekanini bildirdi. U 26 mart kuni Truth Social'da yozişiça, qaror “Eronning iltimosiga köra” qabul qilingan.

Trampga köra, tomonlar örtasida harbiy harakatlarni töxtatiş böyiça “juda yaxşi” muzokaralar davom etmoqda. Eron ezgu niyat belgisi sifatida Pokiston bayroği ostidagi 10 ta neft tankerini Hörmuz böğozi orqali ötkazib yubordi, dedi AQŞ prezidenti.

Lekin Bloomberg Tramp aytgan Hörmuz böğozidagi sakkizta neft tankeri haqida ma’lumot topolmadi. Payşanba kuni Fors körfazidan faqat Eron bilan boğliq ikkita suyultirilgan gaz taşuvçi kema çiqib ketgani kuzatilgan. Ehtimol, Tramp bayon qilgan “ikki kema” şular bölişi mumkin. Ba’zi kemalar xavfsizlik sabab signalini öçiradi, lekin oxirgi paytlarda Hörmuzdan ötganlarning aksariyati joylaşuvini yaşirmagan. Sönggi kunlarda esa atigi törtta kema böğozni tark etgani tasdiqlangan.

26 mart kuni Tramp Oq uyda, öz jamoasi davrasidagi jonli efirda ham bir qança bayonotlar berdi. Qöşma Ştatlar rahbari Ukraina va Eron masalasini özaro qiyoslab, Ukraina AQŞdan minglab kilometr uzoqda bölsa ham Kiyevga yordam berganini, lekin ittifoqdoşlari Eron bilan boğliq mojaro “bizning uruşimiz emas” deya noliganini aytdi.