Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov boşçiligidagi delegatsiya Afğonistonga taşrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan hokim örinbosarlari, şuningdek, 30 dan ortiq yirik özbek tadbirkorlari va investorlari örin olgan.

Taşrif doirasida Afğoniston vakillari bilan uçraşuvlar, konferensiyalar hamda savdo muzokaralari ötkazildi. Ularda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş, savdo aloqalarini kengaytiriş va yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiyaning Balx viloyatiga ham taşrif buyurişi kutilmoqda. U yerda mahalliy hokimiyat va xususiy sektor vakillari bilan işbilarmonlik uçraşuvlari taşkil etiladi. Şuningdek, Mozori Şarif şahrida özbek mahsulotlari körgazmasini oçiş rejalaştirilgan bölib, unda milliy mahsulotlarning sifati va xilma-xilligi namoyiş etiladi.

Joriy yilning fevral oyida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boşçiligidagi delegatsiya ham Afğonistonga taşrif buyurib, qator muhim uçraşuvlar ötkazgan edi.

Yaqin kunlarda Özbekistonning boşqa hududlari rahbarlarining ham savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida Afğonistonga taşriflari kutilmoqda.

Ikki davlat vakillari örtasida olib borilayotgan muzokaralar özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş, hududlararo aloqalarni mustahkamlaş va yangi iqtisodiy imkoniyatlarni röyobga çiqarişga xizmat qiladi.