Toşkent şahridagi “Global avto kredit” MÇJ mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Içki işlar vaziri matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov buni Kun.uz’ga tasdiqladi.

Jinoyat işi 2025 yil 12 noyabr kuni qözğatilgan. Kun.uz bundan avvalroq uşbu “avtosalon” faoliyatini şubha ostiga olgandi.

Ma’lumotga köra, “Global avto kredit” MÇJ tomonidan fuqarolarga avtotransport vositalarini qulay şartlarda yetkazib beriş va’da qilingan. Ammo amalda tegişli şartnomalar tuzilmasdan ulardan pul olinib, majburiyatlar bajarilmagan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, ya’ni juda köp miqdorda firibgarlik bilan jinoyat işi qözğatilgan. Biroq “avtosalon”çilar hamon oçiqda. Tergov boşlanganiga yaqinda 5 oy böladi. Vaholanki, dastlabki tergov muddati 3 oy.

“Global avto” bilan şartnoma tuzgan vatandoşlarning ma’lum qilişiça, ayni vaqtda firma ofisi muhrlab ketilgan.

Avvalroq prezident Şavkat Mirziyoyev aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini yangi darajaga kötariş va jamoatçilik fikrini çuqur tahlil qiliş böyiça ötkazgan yiğilişida tergov sifatini tanqid qilgandi.

“Ayniqsa, içki işlar xodimlarining qöpol muomalasi va tergov sifatidan norozilik köp. Jörayev, Aşrapov har ming kişiga nisbatan eng köp ariza tuşayotgan Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarşi, Namangan, Jizzax, Farğona, Çirçiq şaharlariga borib, aholi muammolarini yeçsa böladi-ku?” degandi davlat rahbari.

Şuningdek, prezident yanvar oyida ötkazgan videoselektor yiğilişida uyuşgan jinoyatçilik biznes niqobi ostida daromadli sohalarga kirib borayotganini tanqid ostiga olgandi.

“Ilgari faqat “köça” deb bilgan uyuşgan jinoyatçilik bugun biznes niqobi ostida ança daromadli sohalarga kirib boryapti. Ayniqsa, jinoiy tödalar faoliyati köp qavatli uylar, avtomaşinalar oldi-sotdisi, moliyaviy piramidalar taşkil qiliş, Umra va Haj ziyoratiga yuborişda ança köpaygan