31 mart kuni keçqurun Qrimda halokatga uçragan An-26 samolyoti yölovçilaridan biri Şimoliy flot aralaş aviatsiya korpusi komandir, general-leytenant Aleksandr Otroşçenko edi.
Şimoliy flotda xizmat qiluvçi harbiy xizmatçilardan biri BBC bilan suhbatda Otroşçenkoning ölimi haqida xabar bergan. Severomorskda yaşovçi, uşbu aviahalokatda mayor unvonidagi qarindoşi halok bölgan manba ham bu ma’lumotni tasdiqlagan. Generalning ölimi haqida mahalliy pabliklarda xabar tarqalgan, ammo hozirça bu ma’lumot rasman tasdiqlanmadi.
An-26 rusumli harbiy-transport samolyot 31 mart kuni Qrim hududida qulagan. Uning bortida bölgan 30 kişining barçasi – ekipajning 7 nafar a’zosi hamda 23 yölovçi halok bölgan. RF mudofaa vazirligi hodisaga texnik nosozlik sabab bölganini ma’lum qilgan. Mahalliy naşrlarda esa u qoyaga urilib ketgani aytilgan. Murmansk oblasti gubernatori qurbonlar orasida Şimoliy flot harbiylari bölganini tasdiqlagan.
Otroşçenko 1962 yilda Stavropolda tuğilgan va xizmatni Boltiq dengiz floti dengiz piyodalari matrosi sifatida boşlagan. 1981 yilda Stavropol oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1994 yilda esa Marşal Jukov nomidagi havo hujumidan mudofaa harbiy qömondonlik akademiyasini bitirgan. 1990-yillarda u Tinç okeani flotining aviatsiya eskadroni komandiri sifatida xizmat qilgan.
2005 yilda Boş ştab Harbiy akademiyasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2010 yildan 2013 yilgaça Qora dengiz flotining dengiz aviatsiyasi boşliği bölgan. Keyin Şimoliy flot dengiz aviatsiyasiga rahbarlik qiladi. Şimoliy dengiz flotining 45-harbiy havo kuçlari va havo mudofaasi armiyasiga komandirlik qilgan. 2019 yilda unga general-leytenant unvoni berilgan. 2024 yildan buyon Şimoliy flot aralaş aviatsiya korpusini boşqarib kelayotgandi.
2014 yilda Otroşçenko Qrimni anneksiya qilişda iştirok etgan, keyinçalik Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasida ham qatnaşgan.
General-leytenant Otroşçenko xizmat körsatgan harbiy uçuvçi bölib, umumiy parvoz vaqti 2000 soatdan oşadi. Uning öğli Aleksandr Otroşenko ham harbiy aviatsiyada xizmat qiladi. Bu yillar davomida Otroşçenkoning asosiy xizmat joyi Severomorsk bölgan.
BBC hisob-kitoblariga köra, Otroşçenko Rossiya-Ukraina uruşi boşidan buyon halok bölgan 14-rossiyalik generalga aylandi.












