Islom inqilobi muhofizlari korpusi razvedkasi boşliği, general Majid Hadimiy Isroil zarbasi oqibatida halok böldi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kats xabar berdi.

«Eron rahbarlari özlarini nişon sifatida his qilib yaşamoqda. Biz ularni birma-bir ovlaşda davom etamiz», – deya vazirning sözlarini keltiradi Associated Press.

Islom inqilobi muhofizlari korpusi Hadimiyning ölimini tasdiqlagan. Bayonotda u 6 aprel kuni tongida amalga oşirilgan «terrorçilik hujumi» qurboni bölgani aytilgan.

Hadimiy 2025 yil iyunida korpus razvedkasining oldingi rahbari Muhammad Kozimiy Isroil zarbasi oqibatida halok bölganidan keyin uning örnini egallagandi.

AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarşi uruş boşlaganidan buyon islom respublikasining eng yuqori lavozimli rahbarlari, jumladan oliy rahnamo Ali Xominaiy va Milliy xavfsizlik olişy kengaşi kotibi Ali Larijoniy ham halok bölgan.