«Artemida II» missiyasi öz dasturidagi asosiy bandni muvaffaqiyatli bajardi va Oy atrofida parvoz qildi. Yerning tabiiy yöldoşini aylanib ötiş uçun «Orion» kemasiga yetti soat kerak böldi. Kema Oyning orqa tomonida ekanida u bilan aloqa uzilgandi va astronavtlar şu vaqt oraliğida olingan suratlarni keyinroq körsatişni va’da qilişgan. «Meduza» missiyaning bu bosqiçi qanday ötgani haqida qisqaça hikoya qildi.

NASA / AFP / Scanpix / LETA
7 aprelga ötar keçasi bortida AQŞdan uç astronavt Rid Uaysmen, Viktor Glover, Kristina Kox hamda kanadalik Jyeremi Hansen bölgan «Orion» kemasi reja böyiça Oyga 6 ming kilometr masofada yaqinlaşdi va Yer tabiiy yöldoşining atrofida aylanib uçdi. Kema Oyning orqa tomoniga ötganida taxminan 40 daqiqa davomida u bilan aloqa bölmagan.

NASA / Xinhua / Scanpix / LETA
CNN qayd etişiça, bu kema ekipajining Yerdan aloqasi uzilişi bilan boğliq bölgan eng uzoq muddat böldi. «Artemida II» missiyasi Yerdan 252 756 mil (406 771 kilometr) masofaga uzoqlaşgan holda yana bir rekordni örnatdi. Bundan oldingi rekord – 248 655 mil – «Apollon 13»ga tegişli edi va 1970 yildan buyon saqlanib qolayotgandi.

NASA / AFP / Scanpix / LETA
Oy atrofini aylanib uçayotganida astronavtlar uning yuzasiga urilgan meteoroidlarning kamida olti bor çaqnaşiga guvoh bölişgan, şuningdek kema turgan nuqtadan turib quyoşning töliq tutilişini kuzatişgan hamda quyoş tojini tasvirga olişgan.

NASA / Xinhua / ZUMA Press / Scanpix / LETA
«Orion» bilan aloqa reja böyiça tiklangan. BBC’ning yozişiça, dastlab radiosignal qaytgan, keyin esa ma’lumotlarning katta paketi kelgan, şundan keyin Kristina Koxning tiniq ovozi eşitilgan: «Hyuston, „Integriti“, aloqa tekşiruvi. Yerni yana eşitiş juda ajoyib».
















