Al Jazeera xabariga köra, 8 aprel kuni ertalab BAA havo hujumidan mudofaa kuçlari Erondan uçayotgan qanotli va ballistik raketalar, şuningdek, dronlarni «faol ravişda töxtatgan».

Kuvayt armiyasi mamlakat janubidagi «hayotiy muhim» neft obektlari, elektr stansiyalari va suv tozalaş inşootlariga dronlar tomonidan zarbalar berilgani haqida xabar qildi. «Eronning şiddatli duşmanona hujumlari» tufayli infratuzilmaga jiddiy zarar yetgani aytilmoqda. Kuvayt harbiylari ma’lumotlariga köra, jami 28 ta dron urib tuşirilgan.

Bahrayn Içki işlar vazirligi ham Eron tomonidan hujumlar bölgani va ikki kişi yaralanganini ma’lum qildi. «Eron dronini urib tuşiriş oqibatida ikki fuqaro yengil jarohat oldi, Sitra [mamlakat markazidagi sanoat-energetika hududi] hududidagi bir qator uylarga zarar yetdi», deyiladi vazirlik bayonotida.

Ertalab portlaşlar Bahrayn poytaxti Manamada ham eşitilgan, deb xabar berdi AFP. Fors körfazi mamlakatlariga zarbalar Eron davlat ommaviy axborot vositalari AQŞ bilan sulh kuçga kirganidan bir neça soat ötib, ertalabki «duşman hujumlari» haqida e’lon qilganidan keyin sodir böldi. IRNA davlat agentligining ta’kidlaşiça, mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10 atrofida Eronning Fors körfazidagi Lavan orolidagi neftni qayta işlaş zavodiga zarba berilgan. Biroq, obektga kim hujum qilgani aniqlanmagan.

Prezident Donald Tramp Eronga bergan ultimatum muddati tugaşidan taxminan bir yarim soat oldin u bilan 14 kunlik sulh tuzganini e’lon qildi. Oq uy rahbari sözlariga köra, Tehron AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi boşlanganidan beri de-fakto yopilgan Hörmuz böğozini blokdan çiqarişga rozi bölgan. Uning sözlariga köra, AQŞ Erondan 10 banddan iborat taklif olgan va uni muzokaralar uçun «işçi asos» deb biladi. Tramp, şuningdek, Hörmuz böğozida töplanib qolgan kemalarga yordam berişga tayyorligini bildirdi.

Tehronda sulhga rozilik tasdiqlandi. Şu bilan birga, mamlakat Milliy xavfsizlik oliy kengaşi Eron «buyuk ğalabaga erişgani va jinoyatçi Qöşma Ştatlarni ön banddan iborat rejasini qabul qilişga majburlaganini» aytdi. Mamlakat taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi, öz navbatida, kemalar Eron harbiylari bilan muvofiqlaştirilgan holda ikki hafta içida Hörmuz böğozi orqali ötişi mumkinligini tasdiqladi. CNN naşrining Oq uydagi manbasiga köra, Isroil ham ikki haftalik sulhga qöşilgan.