Yevropaning yetakçi davlatlari rahbarlari, Yevropa Ittifoqi va Kanada rahbariyati AQŞ va Eron örtasidagi sönggi kelişuv yuzasidan qöşma bayonot bilan çiqdi. Xususan, ular ikki haftalik sulh kelişuvini olqişladi. Bu haqda Yevropa Kengaşi saytida e’lon qilingan qöşma bayonotda aytiladi.
Uşbu bayonotga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya boş vaziri Jorja Meloni, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer, Kanada boş vaziri Mark Karni, Daniya boş vaziri Mette Frederiksen, Niderlandiya boş vaziri Rob Yetten, Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes, Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen va Yevropa Kengaşi prezidenti Antoniu Koşta imzo çekkan.
«Endi maqsad yaqin kunlarda uruşni tez va uzoq muddatga töxtatiş böyiça muzokaralar bölişi kerak. Bunga faqat diplomatik vositalar yordamida erişiş mumkin», deyiladi bayonotda.
Şu bois yetakçilar muzokaralar orqali jiddiy tartibga soliş yölida tez sur’atlarda borişga çaqirmoqda.
«Bu Eron tinç aholisini himoya qiliş va mintaqada xavfsizlikni ta’minlaşda hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi. Bu jiddiy global energiya inqirozining oldini olişi mumkin», deyiladi bayonotda.
Şu bois yetakçilar tegişli diplomatik sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlamoqda. Ular Qöşma Ştatlar va boşqa hamkorlar bilan yaqin aloqada.
«Biz barça tomonlarni, jumladan Livanda ham, öt oçişni töxtatiş rejimini joriy etişga çaqiramiz», deyiladi bayonotda.
Bundan taşqari, yetakçilar öz hukumatlari Hörmuz böğozida kemalar qatnovi erkinligini ta’minlaşga kömaklaşişini ta’kidlamoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 8 aprel kuni Pokistonning Eronga hujumlarni ikki haftaga töxtatiş taklifiga rozi bölganini ma’lum qildi. Oq uy rahbarining ta’kidlaşiça, AQŞ avvaldan qöygan barça harbiy maqsadlariga «allaqaçon erişgan va hatto undan ham köproğiga erişgan».
Uning sözlariga köra, AQŞ Erondan 10 banddan iborat taklif olgan va «bu muzokaralar uçun asos» deb hisoblaydi. Trampning fikriça, endi ikki haftalik muddat kelişuvni oxirigaça işlab çiqiş va imzolaş imkonini beradi.













