Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahridagi Amir Temur xiyoboniga taşrif buyurib, maşhur davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Amir Temur haykali poyiga gulçambar qöydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Mamlakatda Amir Temur tavalludining 690 yilligi nişonlanmoqda. Sana munosabati bilan mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va madaniy tadbirlar ötkazilmoqda.

Har yil aprel oyini mamlakatda Amir Temur oyligi sifatida ötkaziş belgilangan. Ijodkorlar tomonidan yangi ilmiy va badiiy kitoblar, film va spektakllar, tasviriy san’at asarlari yaratilmoqda. Xususan, maşhur «Temur tuzuklari» asari yangitdan naşr etildi.

Bundan 30 yil oldin qurilgan Temuriylar tarixi davlat muzeyi zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlandi. «Endi uşbu maskan ilmu ma’rifat, innovatsion tafakkur, yangi ğoyalar va tadqiqotlar markaziga aylanmoqda. Bu yerda barça zarur şaroitlar yaratilgan bölib, mazkur dargoh el-yurt, ayniqsa, yoş avlodni milliy ğurur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.

Tadbir davomida Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom körsatilib, haykali poyiga gullar qöyildi.

Amir Temur xiyobonida ham katta obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi. Tadbir yakunida Şavkat Mirziyoyev xiyobonda köçat ekdi.